Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет конкурс на замещение руководящих и других должностей в центральном аппарате Агентства Подробнее...

Sud organlari so’rovnomalariga ko’ra bahsli

vaziyatlarda baholanuvchi obyektlarni baholash

materiallarini ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ekspert

komissiyasining ishini tashkil etish tartibi to’g’risida

NIZOM

I. Umumiy qoidalar

II. Komissiya tarkibi va uning ishlarini tashkil etish

III. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni

tanlab olishni o’tkazish tartibi

IV. Komissiya tomonidan ekspertiza o’tkazilishi

va uning natijalarini ko’rib chiqish tartibi

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom Baholash obyektlari bahosi bo’yicha materiallarni bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasi ishlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:

baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra ekspertizadan o’tkazish - sud organlari tomonidan yuborilgan baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarida baholash faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilinishi to’g’risidagi xulosalarni tahlil qilish va tuzish bo’yicha tadbirlar yig’indisi;

Komissiya - Baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasi;

Komissiya xulosasi - baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra ekspertizadan o’tkazish natijalaridan iborat bo’lgan hujjat;

ekspert - baholovchi tashkilot shtatida turuvchi, ekspertlar reyestriga kiritilgan va ekspert hisobotini tayyorlash uchun Komissiya tomonidan jalb etiladigan baholovchi;

Komissiyaning ekspert a’zosi - ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda ekspertlar reyestridan Komissiya a’zosi sifatida tasdiqlangan ekspert;

ekspertlar reyestri - baholovchining malaka sertifikatiga ega bo’lgan, ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Komissiya tomonidan tanlab olingan jismoniy shaxslar ro’yxati.

3. Ekspertiza o’tkazish uchun zarur bo’lgan materiallar ilova qilingan holda sud organlari tomonidan Komissiyaga taqdim etilgan ekspertiza o’tkazish to’g’risida sud organlarining ajrimi baholanuvchi obyektlarni baholash materiallarini bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra ekspertizadan o’tkazish (keyingi o’rinlarda "ekspertiza" deb ataladi) uchun asos hisoblanadi.

II. KOMISSIYA TARKIBI VA UNING

ISHLARINI TASHKIL ETISH

4. Komissiyaning doimiy a’zolari tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Komissiyaning ekspert a’zosi ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan bo’lgan Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan tasdiqlanadi.

5. Komissiyaga Komissiya raisi boshchilik qiladi, u:

Komissiya ishlarini tashkil qiladi;

Komissiya majlisining kun tartibini tasdiqlaydi;

Komissiya majlisi o’tkaziladigan sana va joyni tayinlaydi;

Komissiya majlislarida raislik qiladi.

6. Komissiya raisi bo’lmagan taqdirda uning vazifasini Komissiya raisining o’rinbosari bajaradi.

7. Komissiya a’zolari:

Komissiya ishlarida qatnashadilar;

ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlar nomzodlarini ko’rib chiqadilar;

ekspertlarning bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotlarini eshitadilar;

ekspertlar ishlari natijalarini muhokama qiladilar;

Komissiya qarorlarini qabul qilish to’g’risida ovoz berishlarda qatnashadilar.

8. Komissiya majlisi, agar unda a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi.

Komissiya qarori majlisda qatnashgan a’zolarning oddiy ko’pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo’lgan taqdirda Komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.

Komissiya a’zosining Komissiya qabul qilgan qarordan farq qiladigan alohida fikr-mulohazasi Komissiya majlisining protokolida aks ettiriladi yoki yozma ravishda alohida rasmiylashtiriladi va u Komissiya majlisi protokolining uzviy qismi hisoblanadi.

9. O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasi Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi, u Komissiya ishlari bo’yicha hujjatlarning belgilangan tartibga muvofiq yuritilishi va saqlanishini amalga oshiradi. (O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son Qarori tahriridagi band)

10. Komissiya majlislarni ekspertizadan o’tkazish uchun materiallar to’planishiga qarab o’tkazadi.

III. EKSPERTLAR REYESTRIGA KIRITISH

UCHUN EKSPERTLARNI TANLAB

OLISHNI O’TKAZISH TARTIBI

11. Ekspertlar reyestriga kiritish uchun ekspertlarni tanlab olish tanlov asosida amalga oshiriladi.

12. Ekspertlarni tanlov asosida tanlab olish Komissiya tomonidan, talab qilinadigan ekspertlar sonidan kelib chiqqan holda har yili kamida bir marta amalga oshiriladi hamda qatnashchilar tarkibi va tanlov takliflarini berish shakli bo’yicha ochiq hisoblanadi.

13. Tanlov bo’yicha tanlab olishda qatnashish istagini bildirgan ekspertlar (keyingi o’rinlarda "talabgor" deb ataladi) uchun quyidagi talablar belgilanadi:

baholovchi lavozimida kamida uch yil ish stajiga ega bo’lish;

baholash faoliyati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun baholovchining malaka sertifikati to’xtatilganligi yoki bekor qilinganligi hollarining mavjud emasligi;

talabgor baholovchi tashkilot shtatida turishi kerak;

talabgor baholovchi lavozimida qatnashgan har xil turdagi mol-mulkni baholash to’g’risidagi kamida yigirmata hisobotning mavjud bo’lishi.

14. Talabgorlar tanlov bo’yicha tanlab olishda qatnashish uchun Komissiyaning ishchi organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

tanlov asosida tanlab olishda qatnashish yuzasidan buyurtmanoma, unda talabgor ekspert sifatida ishlarni amalga oshirish uchun tayyor bo’lgan respublika hududlari ko’rsatiladi;

baholovchining malaka sertifikati nusxasi;

mehnat daftarchasining notarial tasdiqlangan nusxasi;

talabgor ularda baholovchi lavozimida qatnashgan baholash to’g’risidagi hisobotlarga oid ma’lumotlar.

Yuqorida sanab o’tilgan barcha hujjatlar tanlov bo’yicha tanlab olish o’tkazilishi to’g’risidagi e’londa ko’rsatilgan manzilga bir nusxada taqdim etiladi.

Buyurtmanomaga talabgor tomonidan imzolangan taqdim etilgan hujjatlar ro’yxati ikki nusxada ilova qilinadi.

15. Talabgorlarning tanlov bo’yicha tanlab olishda qatnashish bo’yicha hujjatlari Komissiyaning ishchi organi tomonidan tanlov bo’yicha tanlab olishning o’tkazilishi to’g’risidagi e’lon ommaviy-axborot vositalarida chop etilgan kundan boshlab o’ttiz kalendar kun mobaynida ro’yxat bo’yicha qabul qilinadi, ro’yxatning ikkinchi nusxasi talabgorga hujjatlar qabul qilingan kunda, hujjatlar qabul qilingan sana ko’rsatilgan holda qaytariladi.

16. Tanlov bo’yicha tanlab olish ikki bosqichda amalga oshiriladi:

birinchi bosqichda Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlardan hujjatlar qabul qilib olinadi va ularning ushbu Nizom talablariga muvofiqligi tekshiriladi, shuningdek taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning haqqoniyligi o’rganiladi. Komissiyaning ishchi organi tomonidan talabgorlarning ushbu Nizom talablariga muvofiq bo’lgan hujjatlari keyinchalik qaror qabul qilish uchun Komissiyaga taqdim etiladi;

ikkinchi bosqichda Komissiya a’zolari o’z majlisida talabgorlarning hujjatlarini o’rganadilar va tanlov bo’yicha tanlab oladilar. Tanlov bo’yicha tanlovdan o’tgan talabgorlar Komissiya qarori bilan ekspertlar reyestriga kiritiladilar.

17. Tanlov bo’yicha tanlab olish yakunlari Komissiya protokoli bilan tasdiqlanadi, O’zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo’mitasining rasmiy saytiga joylashtiriladi va tanlov bo’yicha tanlab olish natijalari tasdiqlangan sanadan keyin besh kun mobaynida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. (O’zR VM 09.09.2013 y. 244-son Qarori tahriridagi band)

18. Baholovchining malaka sertifikati amal qilishini to’xtatish yoki uni bekor qilish ushbu ekspertni ekspertlar reyestridan chiqarishga olib keladi.

IV. KOMISSIYA TOMONIDAN EKSPERTIZA

O’TKAZILISHI VA UNING NATIJALARINI

KO’RIB CHIQISH TARTIBI

19. Ekspertizadan o’tkazish Baholash to’g’risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi nizomning I bo’limi 4, 5-bandlariga va V, VII bo’limlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Baholash to’g’risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o’tkazishni tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomning III va IV bo’limlari normalari Komissiyaga va ekspertga (ekspertlarga) tatbiq etiladi, ekspertizadan o’tkazganlik uchun to’lov bo’yicha normalar bundan mustasno.

20. Sud organlarining ekspertizadan o’tkazish yuzasidan har bir aniq murojaati bo’yicha baholanuvchi obyektni baholash materiallari olingan sanadan boshlab 3 ish kuni mobaynida Komissiya ekspertlar reyestriga kiritilganlar orasidan ekspertni (ekspertlarni) tasdiqlaydi.

Ekspertiza obyektiga va sudda ko’rib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlarga ega bo’lgan ekspertning tasdiqlanishiga yo’l qo’yilmaydi. Bunday manfaatlar mavjud bo’lgan taqdirda ekspert bu to’g’rida Komissiyaga ma’lum qilishi shart.

Ekspert tomonidan ekspertiza obyektiga va sudda ko’rib chiqishda qatnashuvchi baholovchi tashkilotlarga nisbatan unda mulkiy yoki boshqa nomulkiy manfaatlar mavjudligini yashirish faktlari aniqlangan taqdirda yoxud ekspert tomonidan o’z vazifalarini nohalol bajarish hollari aniqlanganda mazkur ekspert ekspertlar reyestridan chiqariladi va uning baholovchi malaka sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda to’xtatiladi.

21. Ekspertiza Komissiya tomonidan, baholanuvchi obyektlarni baholash materiallari Komissiyaga tushgan sanadan boshlab 30 kun mobaynida o’tkaziladi.

22. Ekspert (ekspertlar) 15 kun muddatda baholash bo’yicha taqdim etilgan materiallarni o’rganadi va bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotni ko’rib chiqish uchun Komissiyaga taqdim etadi.

23. Komissiya o’z majlisida ekspert (ekspertlar)ning bajarilgan ishlar to’g’risidagi hisobotini ko’rib chiqadi. Zaruriyat bo’lganda Komissiya hisobotni ekspertga (ekspertlarga) puxtalashtirish uchun qaytarishga haqlidir.

24. Komissiya xulosasi Komissiyaning majlisda qatnashgan barcha a’zolari imzolagan protokol bilan rasmiylashtiriladi.

25. Komissiya xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishi kerak:

xulosa qabul qilingan sana;

ekspertizani o’tkazish uchun asos;

ekspertiza predmeti (ekspertizaga taqdim etilgan materiallar ro’yxati);

Komissiyaning o’tkazilgan ekspertiza bo’yicha xulosasi.

26. Xulosa tasdiqlangandan keyin Komissiya uch kun muddatda uni va ekspertning xizmatlari uchun to’lov to’g’risidagi ma’lumotlarni tegishli sud organi manziliga jo’natadi.

27. Ekspertning xarajatlarini qoplash sud qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Baholash obyektlari bahosi bo’yicha materiallarni

bahsli vaziyatlarda sud organlari so’rovlariga ko’ra

ekspertizadan o’tkazish bo’yicha ekspert komissiyasining

TARKIBI

-

-

Davlat raqobat qo’mitasi raisining o’rinbosari, Komissiya raisi

U.X.Uzakov

-

H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori, Komissiya raisining o’rinbosari

N.A. Mirzaraximova

-

O’zbekiston Baholovchilar jamiyati boshqaruvi raisi

A.T. Islamov

-

O’zbekiston Baholovchilar uyushmasi Muvofiqlashtiruvchi kengashining raisi

 

-

Davlat raqobat qo’mitasining Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash boshqarmasi boshlig’i

 

-

ekspert

 

-

ekspert

 

-

ekspert

 

-

ekspert

Izohlar:

Ekspertlar reyestriga kiritilgan ekspertlar orasidan Komissiya a’zolarini tasdiqlash Komissiyaning doimiy a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.

Komissiyaning doimiy a’zolari boshqa ishga o’tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar kiritiladi.

Attachments:
Download this file (Nizom.doc)Nizom.doc[ ]44 kB
??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech