Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

elon right small

 

Биз ижтимоий тармоқларда

elon right smallTelegram каналимиз

2018 yil davomida davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1540 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 603,3 mln. AQSH dollari va 3 578,3 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 23 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 176,9 mln. AQSH dollari va 1 958,2 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 19268 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

2018 yil davomida 120 ta shartnoma bekor qilindi, 328 ta shartnoma bo'yicha investitsiya majburiyatlari to'liq bajarildi va qabul qilindi.

01.01.2019 y. holatiga davlat aktivlari sotilishi bo'yicha ro'yxatga olingan 1212 ta oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha 593,3 mln. AQSH dollari va 3 052,7 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritilishi nazoratga olingan. Shulardan, 18 ta oldi-sotdi shartnomalari xorijiy investorlar bilan tuzilgan. Yuqoridagi shartnomalarga ko'ra, bajarilgan investitsiyalar umumiy miqdori 166,9 mln. AQSH dollari va 1 432,6 mlrd. so'mni tashkil etdi. Investitsiya kiritish davrida 6353 dan ortiq yangi ish o'rinlari yaratildi.

Hisobot davrida 328 ta oldi-sotdi shartnomalarga asosan kiritilgan umumiy 10,1 mln. AQSH dollari va 525,6 mlrd. so'm miqdoridagi investitsiyalar komissiya tomonidan qabul qilingan hamda investitsiya hisobidan yangi 12915 ta ish o'rinlari yaratilgan.

Shu bilan birga, yil boshidan 174,2 mln AQSH dollari va 1 309,7 mlrd. so'm miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan 651 ta oldi-sotdi shartnomalari rasmiylashtirilgan.

                                                                                     

Axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech