Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

elon right small

 

Биз ижтимоий тармоқларда

elon right smallTelegram каналимиз

Forumda O'zbekiston delegatsiyasi tarkibida Davlat raqobat qo'mitasining Boshqarma boshig'i Ulugbek Kamaletdinov ishtirok etdi.

Ikki kun davom etgan forum doirasida Markaziy Osiyo, Osiyo mintaqasi va Yevropaning bir qator mamlakatlaridan kelgan 500 dan ortiq davlat sektori vakillari,  yirik kompaniyalar  vakillari mintaqa ichidagi savdo-sotiqni yanada rivojlantirishdagi hamkorlik hamda  Markaziy Osiyo davlatlarini jaxon bo'yicha savdo-sotiq  munosabatlaridagi ishtirokini yanada faollashtirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek Forumda oldinga qo'yilgan asosiy masalardan biri bu  Markaziy Osiyo mamlakatlaridan eksport qilinadigan meva va sabzavotlar xajmlarini oshirish, shuningdek ularni tranportrovkalash va logistika sohasidagi qiyinchiliklarga barham berish masalalariga oydinlik kirish bo'ldi.

O'tgan yili bo'lib o'tgan forum ishtirokchilarini ta'kidlashicha, Markaziy Osiyo mamlakatlari tomonidan amalga oshiriladigan tashqi savdoning umumiy xajmini atigi 5% ichki mintaqaviy  savdoga to'g'ri kelgan. Bu muammo bugungi kunda ham dolzarbligicha qolgan.

Keyingi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari  qo'shnilar bilan savdo-sotiq munosabatlarini yaxshilash borasida ko'p ishlar amalga oshirildi. Ma'lumotlarga qaraganda, Xitoydan Qozog'iston orqali Yevropaga boradigan temir yo'l sostavlari 15 kunga oldinroq yetib kela boshlagan.   Bundan tashqari, O'zbekistonda xalqaro savdo-sotiqni yanada rivojlantirish borasida o'tkazilayotgan islohotlar natijasida  birgina o'tgan yilda eksport xajmi 126% o'sgan. Oziq-ovqat mahsulotlarini ba'zi turlariga  aksiz stavkalarini pasaytirilishi natijasida joriy yilning yanvar-iyul oyilarida  O'zbekiston va Qozog'iston o'rtasidagi tovar aylanishi 35% oshgan, 2020 yilga kelib esa tovar aylanishini 5 mlrd. dollargacha yetkazish rejalashtirilmoqda.

Joriy yilning fevral oyida O'zbekiston va Qozog'iston temir yo'llarda tashish tariflarini  qisqartirish to'g'risida kelishuv imzolandi. Kelishuvga asosan Toshkentdan eksport qilinadigan qishloq xo'jalik mahsulotlari atigi 3 kunda Astanaga yetib kelmoqda. Toshkent va Dushanbe o'rtasida xavo transporti aloqalari tiklandi, O'zbekistonlik qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetkazuvchilar Xitoy va Koreyaga olcha yetkazib berishni boshladilar.

Bo'lib o'tgan forumda ko'rgazma tashkil etilib, unda meva-sabzavot sektorida  qo'llaniladigan yangi texnologiyalar, jixozlar va ko'rsatiladigan xizmatlar namoyish etildi. O'zbekistonlik kompaniyalar  Qozog'iston, Rossiya, Xindiston va boshqa mamlakatlarga meva-savbzavot mahsulotlarini yetkazib berish to'g'risida o'zaro foydali shartnomalar tuzishga muvaffaq bo'ldilar.

                                                                 Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech