Welcome to Госактив   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to Госактив GSpeech
  eye                     
   
 

ОБЪЯВЛЕНИЕ

Агентство по управлению государственными активами Республики Узбекистан объявляет конкурс на замещение руководящих и других должностей в центральном аппарате Агентства Подробнее...

Ҳурматли ишбилармон ва тадбиркорлар!

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 11 октябрдаги ПФ-5552-сонли “Давлат мулки объектларини ва ер участкаларига бўлган ҳуқуқларни тадбиркорлик субъектларига сотиш тартибини соддалаштириш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонига асосан давлат мулки объектлари 1 сўм бошланғич қийматида инвестиция киритиш шарти билан “E-ijro auksion” электрон савдо ташкилотининг савдо майдончалари аукцион савдоларига чиқарила бошлади. Batafsil...

sotrudnRaqobat bo'yicha mintaqaviy markaz taklifiga binoat Davlat raqobat qo'mitasi mas'ul xodimi Shuxrat Jo'raev Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tgan “Kartellar bilan kurashda samarali amaliyotni qo'llash”ga bag'ishlangan seminarda ishtirok etildi.

          Mazkur tadbirda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Ozarbayjon, Armaniston, Moldova Respublikalarining monopoliyaga qarshi organlari, hamda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasining raqobat va davlat xaridlari bo'yicha Boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.

          Seminarda kartellar bilan kurashning samarali amaliyoti, javobgarlikdan ozod etish va jazoni yengillashtirish dasturini amalga oshirish (avstriya tajribasi), kartellar faoliyati belgilarini aniqlash usullari (vengriya tajribasi), kartellar faoliyati belgilarini aniqlash usug bozor skriningi instrumenti (Buyukbritaniya misolida) va boshqa bir qator mavzularda batafsil ma'lumotlar tinglandi.

          Shuningdek, seminar davomida qatnashchilar muxokama etilayotgan masalalar bo'yicha o'zaro fikr almashdilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

          Ushbu tadbir doirasidagi o'zaro muloqot tomonlarning davlat organlari vakillari o'rtasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish, muammoli vaziyatlardan chiqish bo'yicha maqbul yechimlarni izlash hamda monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga ko'maklashadi.

                                                                               Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

??????? Orphus
Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech