Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Хизматлар
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     
    corporat uz
    anketa korupc
    anketa 2015 uz
    anketa korupc
    ×

    Предупреждение

    JFile: :read: Не удается открыть файл: https://gkk.uz/uz/24-deyatelnost/napravleniya-deyatelnosti/korporativnoe-upravlenie?format=feed&type=rss


    KORPORATIV BOSHQARUV KODEKSI

    titulAvval xabar qilinganidek, Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish Komissiyasining 2015 yil 31 dekabrda o’tkazilgan yig’ilishida (2016 yil 11 fevraldagi 02-02/01-187-son Bayonnomasi) Korporativ boshqaruv kodeksi tasdiqlangan. [Yuklash DOC 110 Kb]

    Mazkur Kodeksda aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan Axborot siyosati to’g’risida nizom, Ichki nazorat to’g’risida nizom, Dividend siyosati to’g’risida nizom, Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to’g’risida nizom, shuningdek Kodeksni joriy etish talablaridan kelib chiqib, jamiyat Ustaviga tegishli o’zgartirishlar kiritish bo’yicha tavsiyalar nazarda tutilgan.

    namunaviy hujjatlar

    Aksiyadorlik jamiyatlariga Korporativ boshqaruv Kodeksi tavsiyalarini sifatli joriy etishda amaliy yordam berish maqsadida, quyidagi namunaviy hujjatlar ishlab chiqildi:

    Mazkur hujjatlar namunaviy xarakterga ega bo’lib, jamiyat faoliyatini nazorat qilinadigan yo’nalishlarining asosiy qismlarini o’zida aks ettiradi. Shu boisdan, aksiyadorlik jamiyatlari yuqorida qayd etilgan hujjatlardan foydalanishda, tarmoq faoliyatining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, ularni qayta ko’rib chiqish, o’zgartirish va qo’shimchalar kiritishi lozim.

    Agarda yuqorida qayd etilgan hujjatlarning alohida bandlari O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi va/yoki Jamiyat Ustaviga zid kelgan taqdirda, ushu bandlar o’z kuchini yo’qotadi hamda bu bandlar orqali nazorat qilinadigan masalalar, tegishli o’zgartirish kiritilgunga qadar, amaldagi qonunchilik normalari va jamiyat ustaviga asosan nazorat qilinadi.

    savolnoma

    Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini oshirish va korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish komissiyasi yig‘ilishining 2015 yil 31 dekabrdagi 9-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan Korporativ boshqaruv kodeksining 37-bandiga asosan AJda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan tasdiqlanadigan savolnoma asosida o‘tkaziladi.

    AJlarda korporativ boshqaruv tizimini mustaqil baholash uchun Davlat raqobat qo‘mitasi va Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tomonidan savolnoma tasdiqlandi. [xls][pdf]

    Методик тавсиялар

    Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalarini amalda qo’llash mexanizmlari va tartib-taomillarini ochib berish va rivojlantirish maqsadida Davlat raqobat qo’mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi tomonidan korporativ boshqaruvning eng ilg’or xalqaro amaliyoti asosida “Korporativ boshqaruv kodeksining ayrim qoidalariga rioya etish bo‘yicha Metodik tavsiyalar” ishlab chiqildi.

     

     

    Korporativ boshqaruv kodeksi tavsiyalariga rioya etish majburiyatini olgan aksiyadorlik jamiyatlari Kodeksning ayrim tavsiyalariga sifatli va samarali rioya etishlari uchun ushbu Metodik tavsiyalardan foydalanishlari mumkin.

    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech