Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

    Attachments:
    Access this URL (http://www.gkk.uz/images/files/result/pres_release/2015_yil_9_oylik_yakunlari.doc)2015 yil 9 oylik yakunlari[Yuklash]44 kB

    O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va  idoraviy mansub tuzilmalarining  2015 yilning 9 oyi yakunidagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi yig'ilishida  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi №PF-4483-sonli “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida”gi Farmonida belgilangan  vazifalarni bajarishga qaratildi.

    Qonunchilik bazasini takomillashtirish

    O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 44 ta  me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (6 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 7 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi,  16 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi va 15 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

    Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan  319 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (32ta qonun loyihasi, 28 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 211 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi, 48 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

    Davlat aktivlarini xususiylashtirish

    Hisobot davrida 729 ta davlat aktivlari (shundan, 537 tasi 24,3 mln.doll va 607,4 mlrd.so'm miqdoridagi investitsiya kiritish va 19518 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) jami 89,02 mlrd so'mga sotilib, qo'shimcha ravishda 621,7 mlrd so'm va 24,3 mln AQSH dollari miqdoridagi investitsiya kiritish va 20096 ta yangi ish o'rinlarini yaratish nazarda tutilgan sotish-olish shartnomalarida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirishni ko'zda tutuvchi investitsiyaviy majburiyatlar bo'yicha.

    Bugungi kunda ommaviy savdolarga 852 ta davlat aktivlari qo'yilib, shundan 113 tasi “nol” xarid qiymatida. Sotib olish qiymatida savdoga qo'yilgan 739 ta ob'ektdan 279 tasiga ga bosqichma-bosqich pasaytirish mexnizmi  qo'llanilgan.

    Xususiylashtirishning barcha  manbalardan tushgan mablag'lar 65,7 mlrd. so'mni tashkil etdi va shundan respublika byudjetiga 14,9 mlrd. so'm. o'tkazildi.  

    Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

    Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, joriy yilning 1 oktyabr holatiga tuzilgan 771 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 167,6  mln AQSH dollari va 842,4 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga (shundan 4 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan). Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  107,2 mln.doll. va 192,8 mlrd.so'mni tashkil etdi, 3000 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

    Fond bozorining holati

    Qimmatli qog'ozlar bozorining  (aksiya va korporativ obligatsiyalar) umumiy aylanmasi 1,6 tril.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 865,1 mlrd.so'mga (yoki 2,1 martaga) ko'p. Shu jumladan  aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozoridagi umumiy aylanma 199,8 mlrd.so'mni, shu jumladan tashkillashtirilgan aksiyalar bozorda – 84,7 mlrd. so'mni (926 ta bitim) va tashkillashtirilmagan  aksiyalar bozorda – 107,9 mlrd.so'mni (2165 ta bitim) tashkil  qildi. Korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida 7,1 mlrd.so'mlik bitimlar tuzildi.

    Davlat mulki reestrini yuritish

    2015 yilning 1 oktyabr holatiga  respublikada 28591 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko'rsatib, shundan 27553 tasiga (93,5%) Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan guvohnoma berilgan

    Davlat mulkini ijaraga berish

    Hisobot davrida 17,8  mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni  55,6 mingtaga yetdi (o'sish-128,7%). Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 58,9 mlrd.so'm mablag' tushdi.

    Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

    O'tgan hisobot davrida  baholash faoliyatini  litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 26 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 18 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2015 yilning 1 oktyabr holatiga  210 ta litsenziya berilib, shundan 185 tasi amalda (156 tasi biznesni baholash, 27 tasi ko'char mulkni baholash, 2 tasi ko'chmas mulkni baholash), 25 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 33 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 23 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2015 yilning 1 oktyabr  holatiga 233 ta litsenziya berilib, shundan 210 ta litsenziya amalda, 23 tasini harakati to'xtatilgan.

    Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

    Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 24 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 280 tani tashkil etdi.

     Raqobat muhitini rivojlantirish

     O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 33 ta bozor tahlil qilinib, shundan 24 tasi tovarlar bozorlari, 9 tasi xizmatlar bozorlari. Nohalol raqobat masalalari bo'yicha 59 ta murojaat ko'rib chiqildi, shundan raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun  35 ta xolat bo'yicha 36  ish qo'zg'atildi.  Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha  389 ta  mahsulot turi bo'yicha 282 ta pasport loyihalariga  xulosalar berildi.

       Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

      Hisobot davrida  Qo'mitaga iste'molchilardan  jami bo'lib 3647 ta ariza va shikoyatlar  kelib tushib, shundan 2357 tasi yozma, 1290 tasi ishonch telefoni orqali tushgan.

    Tushgan yozma  arizalarning 93,5%  iste'molchilar foydasiga hal qilindi va 703,2 mln. so'm mablag' qayta hisob-kitob qilib berildi.

    Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlarning 62,4% bo'yicha tegishli choralar ko'rildi va  168,9 mln.so'm iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilindi,  37,6% bo'yicha Qo'mita vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.

    Reklama faoliyatini tartibga solish

    Hisobot davrida reklama bozorida 458 ta o'rganishlar o'tkazildi, natijada 353 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xo'jalik sub'ektlariga 308 ta ko'rsatma berildi, 157 ta mansabdor shaxsga 93,9 mln.so'm ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

    Hududlarni industrial rivojlantirish mintaqaviy dasturlarini bajarilishi

       Kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish xududiy dasturlariga kiritilgan loyihalar bo'yicha o'tgan xisobot davrida jami 1 327,1  mlrd.so'm investitsiyalar jalb qilindi, shundan 466,9 mlrd.so'mi tijorat banklari kreditlari, 1 873,7 mlrd so'mlik mahsulotlar ishlab chiqildi hamda 20,4 mingta yangi ish joylari barpo etildi.

       Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan  tadbirlar

    O'tgan xisobot davrida Qo'mitada  bir qator xalqaro tashkilotlar va kompaniyalar delegatsiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi. (Jaxon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqalar).  

    Jami bo'lib ommaviy axborot vositalarida 2936 ta chiqishlar tashkil etilib, shundan  858 televidenieda, 572 radioda, 829 bosma nashrlarda, sotuvga qo'yilgan davlat aktivlari bo'yicha 677 ta e'lonlar joylashtirildi va 498 ta matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, seminarlar va  xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

            O'tgan hisobot davrida Qo'mita va uning tarkibiy tuzilma tashkilotlarining faoliyati tizimli ravishda  Qo'mitaning rasmiy veb-saytida va boshqa internet resurslarida yoritib borildi. Xisobot davrida Qo'mita sayti 40,1 ta foydalanuvchilar tomonidan 147,1 ta tashrif bo'lgan.

    Инфографика
     

    Инфографика:
    Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Показатели финансового оздоровления предприятий

     
     
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech