Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

    DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING  2015 YILDAGI FAOLIYATI  YAKUNLARI TO'G'RISIDA  PRESS - RELIZ

    O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va  idoraviy mansub tuzilmalarining  2015 yildagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 yanvardagi yig'ilishida  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi №PF-4483-sonli “O'zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo'mitasini tashkil etish to'g'risida”gi Farmonida belgilangan  vazifalarni bajarishga qaratildi.

    Qonunchilik bazasini takomillashtirish

    O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 54 ta  me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (6 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 8 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi,  23 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi va 17 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

    Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan  407 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (35 ta qonun loyihasi, 34 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 283 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi, 55 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

    Davlat aktivlarini xususiylashtirish

    Hisobot davrida 848 ta davlat aktivlari (shundan, 570 tasi 49,34 mln.AQSH doll. va 971,5  mlrd so'm miqdoridagi investitsiya kiritish va 23 592 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) jami 166.9 mlrd so'mga sotilib, qo'shimcha ravishda 50,94 mln.AQSH doll. va 990,4  mlrd.so'm miqdoridagi investitsiya kiritish va 24 435 ta yangi ish o'rinlarini yaratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, import o'rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni ko'paytirishni ko'zda tutvchi majburiyatlari investorlar tomonidan olingan.

    Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

    Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 51 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 31,2 mln AQSH dollari va 29,4 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 1770 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

    2016 yilning 1 yanvar holatiga  umumiy summasi 201,5 mln. AQSH dollari va 1 170,3 mlrd.so'mlik 803 ta shartnoma shartlari (shundan 8 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan)  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  107,8 mln.dol. va 250,5 mlrd.so'mni tashkil etdi, 3400 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

    Fond bozorining holati

    Qimmatli qog'ozlar bozorining  umumiy aylanmasi 3,5 trln.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 2,6 martaga ko'p.

     Shu jumladan  aksiyalar va korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozoridagi umumiy aylanma 266,06 mlrd.so'mni, shu jumladan tashkillashtirilgan aksiyalar bozorda – 96,4 mlrd. so'mni (1908 ta bitim) va tashkillashtirilmagan  aksiyalar bozorda – 158,15 mlrd.so'mni (2885 ta bitim) tashkil  qildi. Korporativ obligatsiyalarning ikkilamchi bozorida 11,5 mlrd.so'mlik bitimlar tuzildi.

    Davlat mulki reestrini yuritish

    2016 yilning 1 yanvar holatiga  respublikada 27900 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko'rsatib, shundan 27610tasiga (97,2%) Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan guvohnoma berilgan.

    Korxonalar bilan korporativ ishlarni amalga oshirish

    462 ta aksiyadorlik jamiyatlari tugatildi va qayta tashkil etildi, 623 ta AJda  faoliyat turi va tarmoqning o'ziga xosligini hisobga olgan holda ularning ustavlariga  o'zgartirishlar kiritildi va  namunaviy tuzilmaga moslashtirildi, 371 ta AJning 719 rahbari attestatsiyadan o'tkazildi.

    Davlat mulkini ijaraga berish

    Hisobot davrida 19,3  mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni  61,6 mingtaga yetdi (o'sish-127,0%). Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 78,9 mlrd.so'm mablag' tushdi.

    Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

    O'tgan hisobot davrida  baholash faoliyatini  litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 32 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 22 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 yanvar holatiga  211 ta litsenziya berilib, shundan 183 tasi amalda (155 tasi biznesni baholash, 26 tasi ko'char mulkni baholash, 2 tasi ko'chmas mulkni baholash), 28 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 42 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 30 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 yanvar  holatiga 240 ta litsenziya berilib, shundan 215 ta litsenziya amalda, 25 tasini harakati to'xtatilgan.

    Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

    Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 42 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 262 tani tashkil etdi.

     Raqobat muhitini rivojlantirish

    O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 40 ta bozor tahlil qilinib, shundan 24 tasi tovarlar bozorlari, 16tasi xizmatlar bozorlari. Nohalol raqobat masalalari bo'yicha 75 ta murojaat ko'rib chiqildi, shundan raqobat to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilganligi uchun  44 ta ish qo'zg'atildi.  Ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha  509 ta  mahsulot turi bo'yicha 383 ta pasport loyihalariga  xulosalar berildi.

       Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

    Hisobot davrida  Qo'mitaga iste'molchilardan  jami bo'lib 5141 ta ariza va shikoyatlar  kelib tushib, shundan 3335 tasi yozma, 1806 tasi ishonch telefoni orqali tushgan.

     Tushgan yozma  arizalarning 92,5%  iste'molchilar foydasiga hal qilindi va 996,5 mln. so'm mablag' qayta hisob-kitob qilib berildi.

     Ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlarning 61,9% bo'yicha tegishli choralar ko'rildi va  328,9 mln.so'm iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilindi,  38,1% bo'yicha Qo'mita vakolatlari doirasida tegishli tushuntirishlar berildi.

    Reklama faoliyatini tartibga solish

    Hisobot davrida reklama bozorida 559 ta o'rganishlar o'tkazildi, natijada 409 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xo'jalik sub'ektlariga 358 ta ko'rsatma berildi, 200 ta mansabdor shaxsga 121,2 mln.so'm ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

    Hududlarni industrial rivojlantirish mintaqaviy dasturlarini bajarilishi

    Kam quvvatli, faoliyatsiz korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish hududiy dasturlar doirasida 2015 yilda 3,7 mingga yaqin loyihalar amalga oshirildi. Mazkur dasturlarga kiritilgan loyihalarga jami 1 836,9 mlrd. so'mlik investitsiyalar, shu jumladan

    587,6 mlrd. so'm bank kreditlari korxonalarni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun jalb qilindi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, korxonalar tomonidan 2,8 trln.so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarildi hamda 39 mingdan ortiq ish o'rinlari yaratildi.

    Shuningdek, Qo'mita tomonidan 2016 yilga mo'ljallangan moliyaviy sog'lomlashtirish dasturlari ishlab chiqilib, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlandi. Ushbu dasturlardagi 2577 ta loyihalarga 2,2 trln. so'mlik investitsiyalar, shu jumladan 589,2 mlrd. so'm bank kreditlari jalb qilinishi ko'zda tutilgan bo'lib, loyihalarning ishga tushirilishi natijasida, 2,5 trln. so'mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 36 mingdan ziyod yangi ish o'rinlari yaratish rejalashtirilgan.

       Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan  tadbirlar

       Jami bo'lib ommaviy axborot vositalarida 3786 ta chiqishlar tashkil etilib, shundan  1142 televidenieda, 716 radioda, 1074 bosma nashrlarda, sotuvga qo'yilgan davlat aktivlari bo'yicha 854 ta e'lonlar joylashtirildi va 766 ta matbuot anjumanlari, davra suhbatlari, seminarlar va  xalqaro tashkilotlar bilan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

    O'tgan hisobot davrida Qo'mita va uning tarkibiy tuzilma tashkilotlarining faoliyati tizimli ravishda  Qo'mitaning rasmiy veb-saytida va boshqa internet resurslarida yoritib borildi. Xisobot davrida Qo'mita sayti  43 815 ta foydalanuvchilar tomonidan 189 303 ta tashrif bo'lgan.

    Qo'mita matbuot xizmati

    Attachments:
    Access this URL (http://www.gki.uz/images/files/result/pres_release/2015.doc)2015[ ]0.1 kB
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Показатели финансового оздоровления предприятий

     
     
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech