Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

    DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING  2016 YIL 1 CHORAGI  YAKUNLARI TO'G'RISIDA  PRESS - RELIZ

    O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va  idoraviy mansub tuzilmalarining  2016 yildagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi yig'ilishida  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 fevraldagi 11-son joriy yil uchun mo'ljallangan iqtisodiy dasturining muhim ustuvor yo'nalishlarida belgilangan  vazifalarni bajarishga qaratildi.

    Qonunchilik bazasini takomillashtirish

    O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 14 ta  me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (1 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 1 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi,  9 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi va 3 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

    Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan  138 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (16 ta qonun loyihasi, 6 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 109 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi, 7 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

    Davlat aktivlarini xususiylashtirish

             Hisobot davrida 178 ta davlat aktivlari (shundan, 23 tasi 206,5 mlrd so'm miqdoridagi investitsiya kiritish va 2562 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) 215,7 mlrd.so'm investitsiya majburiyatlari va 3,5 mingdan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan  83,08 mlrd so'mga sotildi.

    Bugungi kunda 616 ta davlat aktivlari, shu jumladan 65 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo'yildi.

    Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

    Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 15 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 8,3 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 600 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

    2016 yilning 1 aprel holatiga  umumiy summasi 196,1 mln. AQSH dollari va 1301,6 mlrd.so'mlik 846 ta shartnoma shartlari (shundan 8 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan)  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  110,4 mln.dol. va 366,0 mlrd.so'mni tashkil etdi, 4000 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

    Fond bozorining holati

    Qimmatli qog'ozlar bozorining  umumiy aylanmasi 903,5 mlrd.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 3,5 martaga ko'p.

    Davlat mulki reestrini yuritish

    2016 yilning 1 aprel holatiga  respublikada 29236 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko'rsatib, shundan 27605tasiga (94,4%) Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan guvohnoma berilgan.

    Davlat mulkini ijaraga berish

    Hisobot davrida 14,6  mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni  32,3 mingtaga yetdi (o'sish-104,0%). Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 19,2 mlrd.so'm mablag' tushdi.

    Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

    O'tgan hisobot davrida  baholash faoliyatini  litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 16 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 10 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 aprel holatiga  221 ta litsenziya berilib, shundan 192 tasi amalda (163 tasi biznesni baholash, 26 tasi ko'char mulkni baholash, 3 tasi ko'chmas mulkni baholash), 29 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 10 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 5 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 aprel  holatiga 246 ta litsenziya berilib, shundan 220 ta litsenziya amalda, 26 tasini harakati to'xtatilgan.

    Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

    Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 117 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 174 tani tashkil etdi.

     Raqobat muhitini rivojlantirish

     O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 208 ta bozorlar o'rganildi, shundan 207 tasi tovar bozorlari va 1 tasi moliya bozori,  nohalol raqobat masalalari bo'yicha 21 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 4 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi. 112 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 111 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

       Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

    Iste'molchilardan jami 1666 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 1158 tasi yozma shaklda va 508 tasi ishonch telefoni orqali murojaatlardir.

    Jami yozma murojaatlarning 82,9 % iste'molchilarning foydasiga hal etildi va 463,1 mln.so'm mablah qayta xisob-kitob qilib berildi. Telefon orqali tushgan murojaatlarning 63,2% bo'yicha tkgishli choralar ko'rildi va 243,6 mln.so'm iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi, qolgan 36,8 % murojaatlar bo'yicha  tegishli tushuntirishlar berildi.

       Reklama faoliyatini tartibga solish

    Reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 140 ta o'rganish va kuzatuvlar o'tkazilib, 58 ta holat bo'yicha qonun buzilishi aniqlandi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga 47 ta ko'rsatmalar berildi va 22 ta mansabdor shaxslarga nisbatan jami 13,3 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

    Hududlarni industrial rivojlantirish mintaqaviy dasturlarini bajarilishi

    Kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish maqsadida

    2016 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan 2577 ta loyihani qamrab oluvchi hududiy dasturlar ishlab chiqildi.

    Mazkur dasturlar doirasida qariyb 2,2 trln. so'm miqdorida investitsiyalar, shu jumladan 589,2 mlrd.so'm bank kreditlarini jalb qilish, loyihalarni amalga oshirish natijasida 2,5 trln.so'mlik mahsulot ishlab chiqarish hamda 36 mingdan ziyod yangi ishchi o'rinlari yaratish ko'zda tutilgan.

    Xususan, dasturlarga kiritilgan loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 665,8 mlrd.so'm investitsiyalar (shundan 372,3 mlrd. so'mi tijorat banklarining kreditlari) jalb qilindi, 532,9 mlrd. so'mlik mahsulot ishlab chiqildi, shuningdek 3,7 mingdan ortiq yangi ishchi o'rinlari tashkil etildi.

       Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish va tashkil etilgan  tadbirlar

    Ommaviy axborot vositalari va qo'mitaning rasmiy veb-sahifasi orqali axborot-reklama ishlari davom ettirildi, xalqaro tashkilotlar va elchixonalar bilan ishchi aloqalar, xorijiy ishbilarmon doiralar bilan uchrashuvlar va muzokaralar amalga oshirildi va axborot-ma'lumot materiallar tarqatildi.

    Qo'mita, uning hududiy organlariv tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 984 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 287 tasi televidenie va 183 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlari da 313 ta maqolalar yoritildi.

                                                                                             Qo'mita matbuot xizmati

    Yuklash [DOC 40 Kb]

    Инфографика
     

    Инфографика:
    Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Показатели финансового оздоровления предприятий

     
     
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech