Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

     

    DAVLAT RAQOBAT QO'MITASINING  2016 YIL 1 YARIM YILLIK   YAKUNLARI TO'G'RISIDA  PRESS - RELIZ

    O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi, uning hududiy organlari va  idoraviy mansub tuzilmalarining  2016 yildagi faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 15 yanvardagi yig'ilishida  O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo'nalishlar, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 16 fevraldagi 11-son joriy yil uchun mo'ljallangan iqtisodiy dasturining muhim ustuvor yo'nalishlarida belgilangan  vazifalarni bajarishga qaratildi.

    Qonunchilik bazasini takomillashtirish

    O'tgan hisobot davrida Qo'mita tomonidan 29 ta  me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari (1 ta O'zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi, 2 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi,  14 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi va 12 ta idoraviy me'yoriy–huquqiy hujjatlar) ishlab chiqildi.

    Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirliklar va idoralar tomonidan taqdim etilgan  318 ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar (26 ta qonun loyihasi, 18 ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 261 ta Vazirlar Mahkamasining qarori  loyihasi, 13 ta idoraviy me'yoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

    Davlat aktivlarini xususiylashtirish

             Hisobot davrida 305 ta davlat aktivlari (shundan, 68 tasi 251,2 mlrd so'm miqdoridagi investitsiya kiritish va 4629 ta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 116,0  mlrd.so'm va 1,1 mln. AQSH dollari, shundan 267,5 mlrd.so'm va 150 ming Aqsh dollari miqdorida investitsiya majburiyatlari va va 5,6 mingdan ziyod yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan  sotildi.

    Bugungi kunda 539 ta davlat aktivlari, shu jumladan 95 tasi “nol” xarid qiymatida ommaviy savdolarga qo'yildi.

    Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan  monitoringlar 

    Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi  ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 42 ta shartnoma bo'yicha  umumiy qiymati 0,2 mln.doll. va 31,3 mlrd.so'mlik  investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 1400 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

    2016 yilning 1 iyulь holatiga  umumiy summasi 202,6 mln. AQSH dollari va 1,4 trl.so'mlik 1000 ta shartnoma  shartlari (shundan 15 tasi xorijiy investorlar bilan tuzilgan)  bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining  umumiy xajmi  109,3 mln.dol. va 413,4 mlrd.so'mni tashkil etdi, 5,800 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

    Fond bozorining holati

    Qimmatli qog'ozlar bozorining  umumiy aylanmasi 4,4 trl.so'mni tashkil qildi, bu ko'rsatgich o'tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan 6,9 martaga ko'p.

    Davlat mulki reestrini yuritish

    2016 yilning 1 iyulь holatiga  respublikada 28832 davlat korxonalari va muassasalari faoliyat ko'rsatib, shundan 27354tasiga (97,9%) Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan guvohnoma berilgan.

    Davlat mulkini ijaraga berish

    Hisobot davrida 17,7  mingga yaqin davlat mulki ob'ektlari ijaraga berildi, qo'shimcha yaratilgan ish joylari soni  53,9 mingtaga yetdi (o'sish-128,7%). Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 45,5 mlrd.so'm mablag' tushdi.

    Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

    O'tgan hisobot davrida  baholash faoliyatini  litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 23 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 15 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 iyulь holatiga  226 ta litsenziya berilib, shundan 197 tasi amalda (167 tasi biznesni baholash, 26 tasi ko'char mulkni baholash, 4 tasi ko'chmas mulkni baholash), 29 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

    Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 20 ta yuridik shaxsning materiallari ko'rib chiqildi, 8 ta litsenziya berildi. Jami bo'lib, 2016 yilning 1 iyulь  holatiga 249 ta litsenziya berilib, shundan 219 ta litsenziya amalda, 30 tasini harakati to'xtatilgan.

    Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

    Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 119 taga qisqardi va 10 mahsulot turlari bo'yicha 173 tani tashkil etdi.

    Raqobat muhitini rivojlantirish

            O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 263 ta bozorlar o'rganildi, shundan 260 tasi tovar bozorlari va 3 tasi moliya bozori,  nohalol raqobat masalalari bo'yicha 39 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 13 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi. 216 turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi 215 ta pasport loyihalari bo'yicha xulosalar berildi.

    Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

    Iste'molchilardan jami 3375 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lib, shundan 2395 tasi yozma shaklda va 980 tasi ishonch telefoni orqali murojaatlardir.

    Jami murojaatlar bo'yicha  1,4 mlrd.so'm  iste'molchilar hisobiga qayta hisob-kitob qilib berildi, shundan 1,13 mlrd.so'm yozma murojaatlar bo'yicha va 311,6 mln.so'm ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

    Reklama faoliyatini tartibga solish

    Reklama qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan 271 ta o'rganish va kuzatuvlar o'tkazilib, 143 ta holat bo'yicha qonun buzilishi aniqlandi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga 115 ta ko'rsatmalar berildi va 51 ta mansabdor shaxslarga nisbatan jami 31,3 mln. so'm miqdorida ma'muriy jarimalar qo'llanildi.

    Kalit so'zlar. faoliyat yakunlari, asosiy ko'rsatkichlar                                                                  

    Qo'mita matbuot xizmati

    Инфографика
     

    Инфографика:
    Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Показатели финансового оздоровления предприятий

     
     
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech