Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

    pressQonunchilik bazasini takomillashtirish

    Qo'mita tomonidan 60ta me'yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari, shundan 5ta qonun loyihasi, 11ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 31ta Hukumat qarori loyihasi va 13ta idoraviy meyoriy–huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi.

               Shu bilan bir qatorda, kelishish uchun vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan 408ta meyoriy-huquqiy hujjatlar (25 ta qonun loyihasi, 133ta O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, 231 ta Hukumat qarori loyihasi, 19 idoraviy meyoriy-huquqiy hujjatlar) loyihalari ko'rib chiqildi.

               Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish

               Qurilishi tugallanmagan obektlar va foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini aniqlash borasida malum ishlar amalga oshirildi.

               Shu jumladan, xatlov natijasida avval xususiylashtirilgan 41065 ta korxonalarning 4044 tasi faoliyat ko'rsatmayotgani, 22639 tasi faoliyat ko'rsatayotgani, 14382 ta bino va inshootlar buzib tashlangani yohud korxona balansida yo'qligi aniqlandi.

               Joriy yilning 1 iyul holatiga mulkdorlar va tashabbuskorlar tomonidan avval xususiylashtirilgan korxonalar negizida faoliyat ko'rsatmayotgan va bo'sh obektlarni tiklash bo'yicha 2085 ta investitsiya loyihalari “yo'l haritalari” ishlab chiqildi va tasdiqlandi

               Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o'rgatuvchi Respublika o'quv markazida tashkil etilgan 308 ta kurslarda 4758 ta tinglovchi o'z malakasini oshirdi. Bugungi kunga kelib tinglovchilarning 467 tasi o'z faoliyatini boshladi, 920 ta yangi ish o'rinlari yaratildi.

               2017-2018 yillarda jami bo'lib 87ta KSZ tashkil etilib shundan 47 tasi joriy yilning 1 yarim yilligiga to'g'ri kelgan.

               Tabiiy monopoliyalarni tartibga solish

               Tabiiy monopoliyalar Davlat reestriga kiritilgan tabiiy monopoliya sub'ektlari soni 10 mahsulot turlari bo'yicha 141 tani tashkil etdi.

               Jismoniy va yuridik shaxslardan tushgan 91 ta murojaat ko'rib chiqildi, natijada asossiz hisoblangan 268,3 mln.so'm qayta hisob-kitob qilindi.

               Raqobat muhitini rivojlantirish

               Monopolist korxonalar Davlat reestrida joriy yilning 1 iyul holatiga 94 ta xo'jalik subekti 90 ta mahsulot (ish, xizmat) turlari bo'yicha turibti.

               Hisobot davrida jami bo'lib 15ta tovar va moliya bozorlari o'rganildi, nohalol raqobat masalalari bo'yicha 62 ta murojaat kelib tushgan bo'lib, shundan 30 tasi bo'yicha raqobat to'g'rsidagi qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan ish qo'zg'atildi, 24 tasi rad etildi, 5 tasi sudlarda ko'rib chiqilmoqda

               Xo'jalik sub'ektining 35%dan ortiq aksiyasi va 50%dan ortiq ulushini sotib olish uchun berilgan 95 ta murojaat va xo'jalik sub'ektlarini birlashtirish, qo'shib olish va qo'shilib ketishi bo'yicha 24 ta murojaat ko'rib chiqildi.

               Iste'molchilarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish

               Qo'mitaga jami 1712 murojaatlar kelib tushgan, shundan 1278– yozma, 434- ishonch telefoni orqali.

               Murojaatlarni ko'rib chiqish natijasida jami 406,2 mln. so'm qayta hisob kitob qilindi, shundan 325,4 mln. so'm –yozma murojaatlar bo'yicha, 80,8 mln. so'm – ishonch telefoni orqali tushgan murojaatlar bo'yicha.

               Reklama bozorini tartibga solish

               O'tgan hisobot davrida jami bo'lib 506 o'rganishlar o'tkazildi, shundan 236 ta holatda reklama to'g'risidagi qonunchilik talablari buzilishi aniqlandi. Qonunbuzilish xolatlari bo'yicha 12 ta yozma ko'rsatmalar berildi, 1 ta mansabdor shaxsga nisbatan 1,2 mln.so'mlik ma'muriy jarima qo'llanildi.

               Zarar ko'rib ishlaydigan va iqtisodiy nochor korxonalar bilan ishlash

               Mahalliy xokimiyat organlari va tijorat banklari bilan birgalikda 2017-2018 yillarda kam quvvatli korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish va bo'sh turgan davlat mulki ob'ektlari negizida yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etgan xolda yangi ish o'rinlarini yaratish dasturlari ishlab chiqilib tasdiqlandi va iqtisodiy nochor korxonalarni tijorat banklariga sotish bo'yicha Respublika komissiyasi tomonidan ma'qullandi.

               Ushbu dasturlar doirasida joriy yilda 798 ta loyihani amalga oshirish, 638,2 mlrd.so'm investitsiyalarni, shu jumladan 46,7 mlrd.so'm tijorat banklarining kredit mablag'larini jalb etish rejalashtirilgan.

               Davlat aktivlarini boshqarish va korporativ boshqaruv samaradorligini oshirish

               Jami bo'lib 23731 ta korxona va muassasalar ro'yxatga olindi, shundan 23615 tasiga Davlat raqobat qo'mitasi organlarida ro'yxatdan o'tgan degan tegishli guvoxnomalar berildi.

               18,3 mingta bino va inshootlar ijaraga berildi, 26,1 mingta ish o'rinlari yaratildi.

               Davlat mulki ob'ektlarini ijaraga berishdan jami 63,0 mlrd.so'm mablag' tushdi, shundan 16,9 mlrd.so'm mahalliy byudjetlarga yo'naltirildi.

               Davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga sotish

               Xisobot davrida xususiy sektorga 429 ta davlat aktivlari (shundan 359 tasi 135,8 mlrd.so'm, 33,9 mln. doll. miqdorda investitsiya kiritish va 4,1 mingta yangi ish o'rinlarini yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida) umumiy qiymati 23,1 mlrd.so'm 512,7 mlrd.so'm va 124,2 mln. doll. miqdorida investitsiya majburiyatlari hamda 11,2 mingta yangi ish o'rinlari yaratish sharti bilan sotildi.

               Investitsiya majburiyatlari bajarishi ustida olib borilgan monitoring natijalari

               Davlat aktivlarini oldi-sotdi shartnomalari bo'yicha investorlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlarni bajarilishi ustidan monitoring davom ettirildi. Natijada, 155 ta shartnoma bo'yicha umumiy qiymati 1,05 ming.doll. va 160,3 mlrd.so'mlik investitsiya majburiyatlari bajrilishiga va 6071 dan ortiq yangi ish o'rinlari barpo etilishiga erishildi.

               2018 yilning 1 iyul holatiga umumiy summasi 546,6 mln. doll. va 3,2 trl.so'mlik 1245 ta shartnoma (15 tasi xorijiy investorlar bilan) shartlari bajarilishi ustidan monitoring olib borilyapti. Ushbu shartnomalar bo'yicha bajarilgan investitsiya majburiyatlarining umumiy xajmi 160,6 mln.doll. va 1,4 trln.so'mni tashkil etdi, 13978 yangi ish o'rinlarini yaratilishiga erishildi.

               Korporativ hisobotlar va biznes-rejalarning bajarilishi xolati

               2018 yilning 1 iyul xolatiga 212 ta (90 ta AJ va 122 ta MCHJ) davlat ulushi bo'lgan Davlat aktivlarini boshqarish markaziga berilgan korxonalar faoliyati monitoring qilindi.

               Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish

              Qimmatli qog'ozlar bozorining umumiy aylanmasi 5,3 trl.so'mni tashkil qildi.

               Aksiyalarning tashkillashtirilgan bozorida 238,3 mlrd.so'mlik 6187 ta sotdi-oldi shartnomalari va 2 ta korporativ obligatsiyalar bilan

    66,1 mlrd.so'mlik bitimlar tuzildi.

               Aksiyalar va korporativ obligatsiyalar ikkilamchi bozorining yalpi aylanmasi 821,6 mlrd.so'mni tashkil qildi, shundan aksiyalarni tashkillashtirilgan bozorida 204,1 mlrd.so'm (2700 ta bitim) va tashkillashtirilmagan bozorda 617,5 mlrd.so'm (2431ta bitim).

               Baholash, birja va rieltorlik faoliyatini litsenziyalash

               O'tgan hisobot davrida baholash faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 9 ta yuridik shaxsdan tushgan materiallar ko'rib chiqildi, 7 ta litsenziya berildi.

               Jami bo'lib, bugungi kun holatiga 262 ta litsenziya berilib, shundan 226 tasi amalda (197 tasi biznesni baholash, 23 tasi ko'char mulkni baholash, 6 tasi ko'chmas mulkni baholash), 36 ta litsenziyaning harakati to'xtatildi.

               Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash bo'yicha Ekspert komissiyasi tomonidan 11 ta yuridik shaxsninglitsenziya olish uchun taqdim qilgan materiallari ko'rib chiqildi, 11 ta litsenziya berildi.

               Jami bo'lib, 2018 yilning 1 iyul holatiga 312 ta litsenziya berilib, shundan 272 ta litsenziya amalda, 40 tasini harakati to'xtatilgan.

               Qo'mita faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish  

               Qo'mita, uning hududiy organlari va tarkibiy tuzilma tashkilotlari tomonidan ommaviy axborot vositalarida 2018 ta chiqishlar amalga oshirilib, shundan 518 tasi televidenie va 375 tasi radio orqali, respublika, viloyatlar va idoraviy gazetalar nashrlarida 528 ta maqolalar chop etildi, 328ta e'lonlar berildi, 269 ta seminarlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar va boshqa tadbirlar o'tkazildi.

     Davlat raqobat qo'mitasi axborot xizmati

    Инфографика
     

    Инфографика:
    Количество действующих лицензий по риэлторской и оценочной деятельности

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ВНЕДРЕНИЯ КОДЕКСА КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    ИНФОГРАФИКА: ПОКАЗАТЕЛИ ОПРОСА "ЛЕКАРСТВА"

     

     
     
    Инфографика
     

    Инфографика:
    Показатели финансового оздоровления предприятий

     
     
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech