Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     
    295 ru
    291
    uz252
    2432 grey blue
    2340 grey blue uz

    "DAVLAT MULKI OB'EKTLARINI XUSUSIYLASHTIRISH TARTIBI TO'G'RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA"

    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI 06.10.2014 y. №279

    Davlat mulki ob'ektlarini xususiylashtirish tartibi to'g'risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida

    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining  “Davlat mulki ob'ektlarini kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga sotish borasidagi qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida” 2014 yil 3 iyuldagi PQ-2200-son qaroriga muvofiq, davlat mulki ob'ektlarini xususiylashtirish tartibini takomillashtirish, ularni sotish mexanizmlari va tartibotlari samaradorligini oshirish, shuningdek davlat mulki ob'ektlari bilan bitishuvlarni amalga oshirishda ommaviylik va oshkoralikni ta'minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

    1. Quyidagilar:

    • Davlat korxonalari va muassasalarini xo'jalik jamiyatlariga aylantirish tartibi to'g'risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
    • Davlat aksiyalarini sotish tartibi to'g'risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
    • Mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning ustav fondlari (ustav kapitallari)dagi davlat ulushlarini sotish tartibi to'g'risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
    • Davlat ko'chmas mulk ob'ektlarini sotish tartibi to'g'risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
    • Davlat mulki ob'ektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo'yicha sotish tartibi to'g'risidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
    • Davlat mulkini Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender savdolarini o'tkazish bo'yicha Davlat komissiyasi qarorlari bo'yicha sotish tartibi to'g'risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq;
    • Davlat mulki ob'ektlarini tanlov savdolarida va to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar o'tkazish yo'li bilan sotishda investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarning eng kam miqdorini va turlarini belgilash, shuningdek davlat mulki ob'ektlariningoldi-sotdi shartnomalarining xaridorlar tomonidan bajarilishini nazorat qilish tartibi to'g'risidagi Nizom 7-ilovaga muvofiq tadiqlansin.

    2. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o'zgartirishlar kiritilsin.

    3. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ba'zi qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

    4. Vazirliklar va idoralar o'zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.

    5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o'rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.

    O'zbekiston Respublikasining

                Bosh vaziri                                                                      SH.Mirziyoev
    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech