Welcome to davaktiv.uz   Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! Welcome to davaktiv.uz GSpeech
  • Хизматлар
  • Очиқ Агентлик
  • Қонунчилик
  • Алоқалар
  •    
     

    Ўтказилган текширишлар

    271117O'zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo'mitasi tomonidan iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish borasida olib borayotgan ishlari to'g'risida gapirilar ekan, shuni ta'kidlash joizki, keng jamoatchilik o'rtasida olib borilayotgan targ'ibot-tashviqot ishlari natijasida, aholining iste'molchilik madaniyatini oshib borayotganidan dalolat bermoqda va buning  ijobiy natijasi sifatida, kun sayin Qo'mita va uning hududiy organlariga iste'molchilardan kelib tushayotgan ariza va murojaatlar sonini  tobora oshib borayotganini ko'rishimiz mumkin.

    lekarstDavlat raqobat qo'mitasiga «Dr.Reddy's Laboratories Ltd.» (Xindiston), «KRKA d.d. tovarna zdravil Nova mesto» (Sloveniya) va «Rotiopharm GmbH» (Germaniya) kompaniyalari tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda «Merrymed Farm» QQ MCHJ tomonidan  ushbu kompaniyalarga tegishli bo'lgan intellektual mulkka bo'lgan huquqi  buzilgani qayd qilingan.

    Joriy yilning 1 yarim yilligida Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Respublika kengashi qarori bilan tasdiqlangan tekshirishlar rejasiga muvofiq  10 ta xo'jalik sub'ektida  raqobatga qarshi, tabiiy monopoliyalar to'g'risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi yuzasidan  tekshirishlar o'tkazildi.

    O'tkazilgan tekshirishlar  natijasida  raqobat to'g'risida, tabiiy monopoliyalar to'g'risida, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida va reklama to'g'risidagi qonunchiliklar talablariga rioya etilishi yuzasidan Maxsus komissiyalarning qarorlari qabul qilindi va tegishli ko'rsatmalar  takdim etildi.

    Attachments:
    Download this file (ekshtekshirishlar_bo'yicha _ma'lumotlar.doc)2016 yil I-choragi [Yuklash]20 kB

    O’tgan 2014 yil mobaynida tovar va moliya bozorlarida samarali monopoliyaga qarshi tartibga solish, real raqobat muhitini yaratish  holatlarini o’rganish bo’yicha jami 63 ta bozorlar, shu jumladan 46 ta tovar va moliya bozorlari va 17 ta xizmatlar bozorlari o’rganildi.

    O’rganilgan bozorlar jumlasiga  avtomobillar diskalari, traktor va tirkamalar uchun detallar , polipropilen qoplar, polimer xom ashёsi, siqilgan gaz uchun ballonlar, shisha bankalar, elektrodlar, dori-darmon, shuningdek, uyali aloqa xizmatlari, kompьyuter tomografiyasi, o’lchov priborlari, fumigasiya va shyana bir qator xizmatlar bozorlari kiradi.

    Olib borilgan o’rganishlar natijasida, tovar ёki moliya bozorlarida ustun mavqega ega bo’lgan korxonlar Davlat reestriga (keyinchalik –Davlat reeestri) 3 ta korxona kiritildi. Bular, QK MChJ «UZPAYNET» - jismoniy shaxslarda to’lovlar qabul qilish,  
    XK MChJ «COSCOM» - mobil aloqa xizmatlarini ko’rsatish bo’yicha,  UK «Dexqonobod kaliy o’g’itlari zavodi» - kaliyli o’g’itlarni ishlab chiqarish bo’yicha.

    Mavjud bozorda ustun maveni yo’qotgani sababli 9 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt Davlat reestridan chiqarildi, bular loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qilish xizmati, topogeodezik xizmatlar, neft mahsulotlarini transportirovka qilish xizmatlari, issiq asfalьtbeton qorishmalarini ishlab chiqarish, lift ishlab chiqarish, bitum, avtomobillar uchun disklar ishlab chiqarish va boshqalar.

    Umuman olganda , 2014 yil yakunlari bo’yicha Davlat reestrida 128 ta xo’jalik yurituvchi sub’ekt 126 ta mahsulot va xizmatlar turi bo’yicha turibti, Bu ko’rsatkich o’tgan 2013 yilga nisbatan 2 taga kamaygan, o’tgan hisobot davrida elektrtexnika sanoati va mashinasozlik sohalaridagi monopolist korxonalar soni kamaygani kuzatildi.

    ??????? Orphus
    Matnni eshitish uchun quyidagini bosing! GSpeech