Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Iyul 2020

“Neftgazmontaj” MCHJni ustav kapitalidagi davlat ulushining xususiylashtirish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisida eʼlon

Tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi) “Neftgazmontaj” MChJ ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini (keyingi oʻrinlarda – Aktiv/Jamiyat) xususiylashtirish jarayonining Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlanganligini eʼlon qiladi (keyingi oʻrinlarda – Bitim).

"Mosaic Financial" kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda – Maslahatchi) ushbu Bitim boʻyicha Davaktiv agentligining xususiylashtirish boʻyicha maslahatchisi hisoblanadi.

Aktiv toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot:

"Neftgazmontaj" MChJ barcha darajadagi murakkab boʻlgan qurilish-montaj ishlarini amalga oshiradi.

Taʼkidlash joizki murakkab qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun Jamiyatda barcha turdagi avtotransport vositalari, qurilish maxsus texnikasi va uskunalari, gorizontal burgʻilash, yer kovlaydigan texnikalar, yuk koʻtaruvchi mexanizmlar, payvandlash agregatlari, maxsus transport hamda “Volvo”, “Caterpillar”, “Komatsu”, “Liebherr”, “Renault” kabi ilgʻor xalqaro ishlab chiqaruvchilarning boshqa mexanizm va agregatlarini qoʻshgan holda keng koʻlamdagi texnikalar majmui mavjud.

  • 2004-yilda Jamiyatda ISO 9001-2000 xalqaro standarti boʻyicha sifat menejmenti tizimi ishlab chiqilgan va tatbiq etilgan.
  • Ustav kapitali 4,3 mln AQSh dollari.
  • Jamiyatning yuridik manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 47-uy.
  • Veb-sahifasi: www.ngm.uz.

Sotish jarayoni toʻgʻrisida:

Sotish jarayoni barcha manfaatdor tomonlar (keyingi oʻrinlarda – Ishtirokchilar) uchun ochiq boʻlgan muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish usuli asosida tashkil etiladi.

Savdo jarayoni ikki bosqichda amalga oshiriladi, jumladan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish (Express of interest) hamda Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) bosqichlari, yakuniy bosqichda taklif etiladigan qatʼiy narx taklifining kamida 1% kafolatli toʻlov sifatida amalga oshirilishi belgilanadi.

Bitimni amalga oshirish jarayoni:

Ishtirokchilardan quyidagi maʼlumotlar bilan sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi arizalarini (Express of interest) taqdim etishlari soʻraladi:

  1. Ishtirokchi toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (shu jumladan, STIR va faoliyat turi);
  2. Ishtirokchi ustav kapitalida 5 foizdan ortiq ulushi mavjud aksiyadorlar/taʼsischilar (egalik ulushi koʻrsatilgan holda) va yakuniy benefitsiarlar toʻgʻrisida maʼlumotlar;
  3. Oxirgi 3 yilgi faoliyati boʻyicha moliyaviy hisoboti (MHXS afzalroq).

Qiziqish bildirish toʻgʻrisidagi ariza Ishtirokchining xohishiga koʻra oʻzbek, rus yoki ingliz tillarida tayyorlanishi mumkin.

Talabgorlar qiziqish bildirishi toʻgʻrisidagi arizalarini 2024-yil 30-avgust soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar quyidagi elektron pochta manzillariga yuborishlari lozim:

Ushbu savdo bosqichi doirasida, Konsultant tomonidan potensial investorlarni jalb qilish maqsadida investitsiya tizerlarini tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

Qabul qilingan arizalar quyidagi mezonlar boʻyicha saralanadi:

  • Davlat ulushini sotib olish uchun toʻlovga qobiliyatliligi;
  • Xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin boʻlgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yoʻqligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning aksiyadorlari/ishtirokchilarining hech biri davlat kompaniyasi yoki ustav kapitalida davlat ulushi boʻlgan kompaniya boʻlmasligi kerak;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari roʻyxatiga kiritilmagan boʻlishi lozim. Shu bilan birga, ariza topshirilgan sanada talabgorlar sanksiyalangan shaxs/(lar) yoki yuqorida aytib oʻtilgan sanksiya organlari tomonidan har qanday ish yoki tergov obyekti/(lar) boʻlmasligi kerak. Shuningdek, talabgorlar (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri yuqorida aytib oʻtilgan muassasalar va davlatlarning sanksiyalar rejimiga zid boʻlgan har qanday faoliyatga (toʻgʻridan-toʻgʻri yoki biron bir shoʻba korxonasi orqali) jalb etilmagan boʻlishlari lozim va Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri), shuningdek uning tegishli shaxslaridan birortasining asosiy moliyalashtiruvchi tomonlari yoki kreditorlari sanksiyadagi shaxslar yoki sanksiyadagi shaxslarga tegishli boʻlgan yoki ular tomonidan egalik va nazorat qilinadigan banklar yoki moliya institutlari boʻlmasligi lozim.

Arizalarni qabul qilish tugallangandan soʻng, Mosaic Financial tomonidan ishtirokchilarga tegishli xat (Process Letter) orqali keyingi jarayonni tashkil etish toʻgʻrisida individual ravishda xabardor qilinadi.

Ushbu loyiha doirasida qoʻshimcha maʼlumotlar uchun quyidagi aloqa kanallariga murojaat qiling:

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi vakili: Samandarov Talat Yuldashevich, Tel.: +99871-259-20-67, E-mail: tender@davaktiv.uz;

Mosaic Financial vakili: Iskandar Baxromov, tel.: +99895-502-00-01; E-mail: iskandar.bakhromov@mosaic-financial.com 

Keyingi, Majburiyatga ega boʻlgan taklif (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga oʻtgan talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitim (NDA) imzolanadi hamda Konsultant tomonidan tayyorlangan Aktiv faoliyati toʻgʻrisida maʼlumot va tahliliy maʼlumotlar (Due-diligence) bilan tanishish uchun virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish, Aktivga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayonlarining har bir bosqichi toʻgʻrisida jamoatchilikni qoʻshimcha tarzda xabardor qilib borilishini taʼminlaydi.

Diskleymer

Davaktiv agentligi sotish jarayonining ketma-ketligini oʻzgartirish yoki potensial xaridorga (xaridorlarga) sotishni yoki sabablarini tushuntirmasdan istalgan vaqtda ular bilan muzokara olib borishni rad etish huquqini oʻzida saqlab qoladi.

Ushbu eʼlon yoki uning mazmunining biron-bir qismi mazkur eʼlon chop etilishidan kelib chiqib taxmin qilinishi mumkin boʻlgan Davaktiv agentligi, "Mosaic Financial" va Jamiyatni sotish bilan bogʻliq biror-bir shakldagi majburiyati sifatida talqin qilinmasligi kerak. Davaktiv agentligi va "Mosaic Financial" oʻz xohishiga koʻra har qanday vaqtda va har qanday holatda, birgalikdagi yoki shaxsiy javobgarlikni oʻz zimmalariga olmasdan:

(i) arizalar berish muddatiga oʻzgartirish kiritish;

(ii) turli xil manfaatdor shaxslar uchun turli xil tartib-qoidalar boʻyicha ish tutish va/yoki Davaktiv agentligi, Jamiyat va "Mosaic Financial" tomonidan koʻzda tutilgan reja-jadval va tartib doirasida istalgan boshqa potensial xaridorni (xaridorlarni) oldindan ogohlantirmasdan chiqarib tashlagan holda bir yoki bir nechta potensial xaridorlar bilan muzokaralar olib borish;

(iii) har qanday sababga koʻra sotish jarayonini toʻxtatish;

(iv) istalgan vaqtda va sabablarni tushuntirmasdan Bitimga taalluqli boʻlgan har qanday potensial xaridor (xaridorlar) bilan har qanday muhokama va muzokaralarni tugatish huquqlarini oʻzida saqlab qoladi.

27 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech