Ру Ўз O'z En

Faoliyat to‘g‘risidagi nizom

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga ham sarflanishi nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Belgilansinki, mazkur qarorda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy ta’minlashga oid normalar mazkur Agentlik tashkil etilgan sanadan boshlab tadbiq etiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
  3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari E.M. G‘aniev, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.Ya. Xaydarov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,2019 yil 15 may,404-son

8545 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech