Ру Ўз O'z En

Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “E-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-paragrafini tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazish bo‘yicha hisobot

O‘zbekiston Respublikasi Dalvat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil
12-yanvardagi 18-son qarori bilan tasdiqlangan “Ye-auksion” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksion  va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizomning 3-paragrafi (https://lex.uz/docs/5819662) tartibga solish taʼsirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

TSTB doirasida auksionni o‘tkazilmagan deb topish va takroriy auksionni o‘tkazish tartibi baholanmoqda. 

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola (Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti) orqali tanishishingiz mumkin.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni research@davaktiv.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.


O'zbekiston Respublikasi Dalvat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Ustav fondida davlat ulushi bo'lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" 2006 yil 16 oktyabrdagi 215-son qarori (https://lex.uz/docs/1072916) tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB)dan o‘tkazilmoqda.

TSTB doirasida davlat korxonalari to'g'risida, korxonalardagi ichki audit xizmati to'g'risida, davlatga tegishli aktsiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to'g'risida nizomlarda qo'yilgan talablarining ushbu korxonalar faoliyatiga ta'siri baholanmoqda. 

Baholash natijalariga ko‘ra, ko‘zlangan maqsadlarga erishilmagan va samarasiz yoki samaradorligi past bo‘lgan talab va tartiblarni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Mazkur qaror bo‘yicha to‘ldirilgan TSTB hisoboti bilan quyidagi havola (Normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish taʼsirini baholash hisoboti) orqali tanishishingiz mumkin.

Ushbu masalalar yuzasidan taklif va mulohazalaringizni research@davaktiv.uz pochta manziliga yuborishingiz mumkin.

22284 Chop etish