Boshqarma boshligʻi qonun hujjatlariga, Davaktiv agentligi direktori, Hayʼat qarorlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Davlat aktivlarini xususiylashtirish departamentiga rahbarlik qilish, Agentlik direktorining qonuniy topshiriqlarini o‘zi va Departament xodimlari tomonidan o‘z vaqtida va aniq bajarilishini taʼminlash;
Davlat ishtirokidagi korxonalarni xususiylashtirishdan oldin tayyorlashning, shu jumladan ularning jozibadorligini oshirishni ko‘zda tutuvchi samarali mexanizmlarni joriy etishda ishtirok etish;
Xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlarini jumladan, bozor va savdo komplekslarini sotishdan oldin tayyorlashni amalga oshirish;
Davlat aktivlarini jumladan, bozor va savdo komplekslarini xususiylashtirish masalalari yuzasidan Davaktiv agentligining hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Agentlikning davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha tegishli Departamentlari tomonidan tayyorlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari bilan tasdiqlanadigan xususiylashtirish dasturlari loyihalarini ko‘rib chiqishda qatnashish va mazkur dasturlar qabul qilinganidan so‘ng ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
Xususiylashtirish belgilangan davlat aktivlarining (erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarining maʼmuriy kengashlari qarorlari bo‘yicha sotiladigan davlat mulki obyektlaridan tashqari) jumladan, bozor va savdo komplekslarini sotuvchisi funksiyasini amalga oshirishda, ularning boshlang‘ich sotuv narxini, investitsiyalar hajmini, savdolarning turi va shartlarini belgilashda ishtirok etish;
Davlatga tegishli qimmatli qog‘ozlarni mustaqil ravishda yoki shartnoma asosida jalb etiladigan mahalliy va xorijiy investitsiya vositachilari orqali ichki va xalqaro bozorlarda, birja savdolari va birjadan tashqari savdolarda sotish bo‘yicha ishlarda ishtirok etish;
Xususiylashtirish bilan bog‘liq jarayonlarni tahlil qilishda hamda xususiylashtirish belgilangan davlat aktivlarini sotilishining ochiqligi va shaffofligini taʼminlaydigan xususiylashtirishning yangi shakllari va usullarini joriy etishda, shu jumladan mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi normalarni takomillashtirish jarayonida ishtirok etish;
Davlat aksiyalar paketlarini (ulushlarni) va boshqa mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tashkil etiladigan va faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik jamiyatlarining ustav fondlariga kiritish ishlarida ishtirok etish;
Davlat aktivlarini xususiylashtirish bo‘yicha tuziladigan oldi-sotdi shartnomalarining o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi, shu jumladan investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringini tashkil etish;
Mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarish, mehnat intizomiga qatiy rioya qilish;
Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablariga rioya qilish;
Agentlikning mol-mulkini asrab-avaylash;
Qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni bajarish;