Ру Ўз O'z En

Tarixi

                O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tashkil etilish tarixi to‘g‘risida

                                                                                            M A ‘ L U M O T

 

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 10 fevraldagi PF-337-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti (Davlat mulki komiteti)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida” qonunini ijro eta borib hamda respublika hududida bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va raqobatchilikni rag‘batlantirish, unumli mehnat imkoniyatlarini kuchaytirish, shuningdek davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sohasida yagona siyosat o‘tkazish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish komiteti tashkil etildi.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasini tuzish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq bozor munosabatlarini shakllantirish shakli sifatida davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 10 fevraldagi 57-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi (Davlat mulk qo‘mitasi) faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 avgustdagi 362-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo‘mitasi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 7 fevraldagi PF-758-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkoplikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash qo‘mitasi sifatida tashkil etilgan.

    Shu bilan birga, mazkur Farmon Farmon ijrosini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 14 fevraldagi 72-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

    1. Mulkni izchillik bilan davlat tasarrufidan chiqarish na xususiylashtirishni taʼminlash, shu asosda ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan ko‘p tarmoqli bozor iqtisodiyotini shakllantirish, davlatga daxldor bo‘lmagan sohaning rolini kuchaytirish va raqobat muhitni vujudga keltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 15 martdagi PF-789-son “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yana-da rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.

    Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda javobgarlikni kuchaytirish va ishlarni tashkil etish darajasini oshirish, kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 martdagi 133-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2003-2004 yillarda korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish yuzasidan belgilangan topshiriqlarni so‘zsiz bajarish, xususiy tadbirkorlikni, kichik biznesni rivojlantirishni faol qo‘llab-quvvatlashni taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 24 iyuldagi 325-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining kadrlar potensialini mustahkamlash va faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PF-3602-sonli Farmoni qabul qilinishi munosabati bilan hamda davlat boshqaruvi organlari o‘rtasida vazifalar, funksiya va vakolatlar aniq belgilab qo‘yilishini taʼminlash maqsadida, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 4 maydagi PF-3603-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining nomini o‘zgartirish to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasining nomi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi deb o‘zgartirildi.

  2. Xususiylashtirish jarayonlarini yana-da faollashtirish, davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirish, shuningdek Davlat mulki qo‘mitasining markaziy apparati va hududiy bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 26 apreldagi PQ–335-son “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Davlat mulki qo‘mitasi qayta tashkil etildi.

  3. Bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lmish davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini yana-da chuqurlashtirish va xususiy mulkchilik ko‘lamini kengaytirish, monopoliyaga qarshi samarali tartibotlarni amalga oshirish hamda real raqobatchilik muhitini shakllantirish, fond bozori, xususan, ikkilamchi fond bozorini jadal rivojlantirish, korporativ boshqaruv tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 13 noyabrdagi PF-4483-son “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, mazkur farmoni bilan Monopoliyaga qarshi kurashish va Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitalari birlashtirilib, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sifatida tashkil etildi.

  4. Xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan o‘zgartirishni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5016-son “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilinib, ushub Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi sifatida qayt tashkil etildi.

  5. Institutsional va tarkibiy islohotlarni jadallik bilan amalga oshirish, davlat aktivlarini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, kapital bozorining ishonchli ishlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligini tashkil etish va unga tugatilayotgan Davlat raqobat qo‘mitasi va Davlat aktivlarini boshqarish markazining shtat birliklari, shuningdek davlatning, shu jumladan xorijdagi aktivlarini boshqarish, xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish (xususan, davlat ulushlarini sotish), davlat mulklarini ijaraga berish, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvni joriy etish, davlat ishtirokidagi iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirish, bankrotlik, baholash faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni taʼminlash, mulkni baholash standartlarini tasdiqlash va riyeltorlarni sertifikatlash bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlarini o‘tkazildi.

32107 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech