Ру Ўз O'z En

Tizimdagi tashkilotlar

"Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish" AJ

Direktor

Murodov Sohibjon G'ofurjonovich

Manzil: Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6 uy

Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6 uy

Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi

Direktor

Usmonov Bekzod Shavkat o‘g‘li

Manzil: 100000, Toshkent sh, Amir Temur shoh kuchasi, 6a

100000, Toshkent sh, Amir Temur shoh kuchasi, 6a

Xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish muammolarini tadqiq etish markazi

Direktor

Butikov Igor Leonidovich

Manzil: 100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6

100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XUSUSIYLAShTIRILGAN KORXONALARGA KO‘MAKLAShISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh DAVLAT QO‘MITASI HUZURIDAGI XUSUSIYLAShTIRISh, RAQOBAT VA KORPORATIV BOShQARUVNI RIVOJLANTIRISh MUAMMOLARINI TADQIQ ETISh MARKAZINI TAShKIL QILISh TO‘G‘RISIDA

Davlat tomonidan xususiylashtirilgan korxonalarni samarali rivojlantirishga yanada ko‘maklashish, monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish va raqobat muhitini shakllantirish, davlat mulkini boshqarish tizimini takomillashtirish, qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlari faoliyat ko‘rsatishining mustahkam ilmiy-metodologik va metodik bazasini tashkil etishda iqtisodiyot fanining rolini kuchaytirish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini isloh qilishning bugungi bosqichidagi boshqa vazifalarni hal etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Xususiylashtirish, korporativ boshqaruv va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini birlashtirish yo‘li bilan ularning negizida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil qilinsin.

2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:

yangi ish o‘rinlarini yaratish, faoliyat samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishni ta’minlashning ilmiy-metodik bazasini shakllantirish;

xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish va amalga oshirishning zamonaviy tajribasini o‘rganish hamda uni respublikada joriy etish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlash;

xususiylashtirilgan korxonalar faoliyatini tizimli tahlil qilish asosida davlat tomonidan ularga ko‘maklashish natijadorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari va mexanizmlari to‘g‘risida takliflar tayyorlash;

Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markaziga xususiylashtirilgan ob’ektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarni o‘qitish uchun o‘quv-metodik materiallarni tayyorlashda ko‘maklashish;

monopoliyadan chiqarish va iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqur tahlil qilish asosida monopoliyaga qarshi tartibga solish, iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimlarining faoliyat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishni hamda bankrotlik tartibotlarini amalga oshirishning metodologik asoslari va mexanizmlarini takomillashtirish;

davlat mulkini boshqarish institutlari va mexanizmlarini yanada rivojlantirish, xo‘jalik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va usullarini joriy etishning ilmiy asoslari va metodik tavsiyalarini ishlab chiqish;

qimmatli qog‘ozlar va ko‘chmas mulk bozorlarini, ularning infratuzilmasini rivojlantirish holatini tahlil qilish va yo‘nalishlarini aniqlash, institutlar va ularning faoliyat ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir ilmiy tavsiyalar tayyorlash;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy va metodik hujjatlarni tayyorlash, ilmiy ishlarni chop etish, Markazning faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha «davra suhbatlari» va seminarlar o‘tkazish.

3. Belgilansinki, Markaz davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan hamda o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, bank hisob raqamlari va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining G‘aznachiligida shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga ega bo‘ladi.

4. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining xodimlari cheklangan umumiy soni 39 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Markaz direktoriga, zarur bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.

5. Belgilab qo‘yilsinki:

Markaz direktori O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Markaz xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlari tatbiq qilinadi;

Markaz huquqlari va majburiyatlari bo‘yicha Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazining huquqiy vorisi hisoblanadi.

6. Markazga quyidagi huquqlar berilsin:

Vazirliklar va idoralardan Markaz vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan mavjud statistik, tahliliy va boshqa axborotni bepul so‘rash va olish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlar mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, xorijiy mutaxassislarni tadqiqotlarga shartnoma asosida jalb qilish;

ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan xalqaro va xorijiy muassasalar bilan qo‘shma tadqiqotlarni o‘tkazish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;

o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlar to‘g‘risida xabardorlik darajasini oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ulardan foydalanish maqsadida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga axborot-tahliliy hisobotlarni va ma’lumotlarni taqdim qilish;

Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha noshirlik faoliyatini amalga oshirish.

7. Quyidagilar Markazni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlov natijalari bo‘yicha davlat ilmiy-texnika dasturlarini bajarishga ajratiladigan grantlar;

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan Markazning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun bepul asosda, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va Markaz faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa ishlarni bajarish uchun shartnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;

Markaz faoliyati yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida olingan mablag‘lar;

xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.

8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Xususiylashtirish, korporativ boshqaruvni va qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazi hamda Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markaziga tegishli bo‘lgan va Markazga o‘tayotgan avtotransport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga yig‘imlar va boshqa to‘lovlar undirilmagan holda qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:

O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazining ustavini ikki oy muddatda belgilangan tartibda tasdiqlansin va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi ta’minlansin;

Markaz Toshkent shahri Islom Karimov ko‘chasidagi 55-uyda bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin;

zarurat bo‘lganda, Markazning egallab turilgan maydonlaridan foydalanish bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplansin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining raisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017 yil 22 dekabr,

1012-son

Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi

Direktor

Maxmudov Rasul Batirovich

Manzil: 100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6

100000, Toshkent sh, Amir Temur shox ko‘chasi, 6
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech