Ру Ўз O'z En

Agentlikning huquqiy maqomi

                                                     

                                                                         

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi O‘zbekiston Respublikasi     Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son «Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan tashkil etilgan.

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga bo‘ysunadi va hisobot beradi.

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatida quyidagilarga amal qiladi:

 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga

 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga

 Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Nizomiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.01.2019 yil  PQ-4112-sonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Qaroriga

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.05.2019 yil  VMQ-404-sonli O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaroriga

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi o‘z faoliyatini bevosita, shuningdek hududiy organlar va uning idoraviy mansub tuzilmalari, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi

1043 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech