Ру Ўз O'z En

Baholash va rieltorlik tartibi

Baholash va rieltorlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

  • Baholash faoliyatini litsenziyalaydi;
  • Baholovchilar va rieltorlarga malaka talablarini belgilaydi, ularga malaka sertifikatlari beradi, baholovchilarni toifalaydi;
  • Litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Baholash litsenziyalari hamda baholovchilar va rieltorlarning malaka sertifikatlari reestrini yuritadi;
  • Rieltorlik tashkilotlari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda monitoring olib boradi va ushbu qoidalarga rioya etilishini nazorat qiladi;
  • Xududiy boshqarmalar tomondan rieltorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini tashkil etilishini nazorat qiladi;
  • Baholashva rieltorlik faoliyati sohasidagi qonunchilikni takomillashtiradi va tartibga soladi;
  • Baholash va rieltorlik faoliyatiga oid xalqaro tajribani o‘rganadi va amaliyotga tadbiq etadi;
  • Rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasini o‘rganish asosida baholash va rieltorlik faoliyatini takomillashtirishni tashkil etadi;

Faoliyat yo‘nalishining tartibi:

  • Baholash va rieltorlik faoliyati sohasida Qonunchilik va qonunosti xujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirish.
  • Talabgorlardan baholash faoliyatiga litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlar to‘plami asosida xulosalar tayyorlash;
  • baholash va rieltorlik faoliyati masalalarida davlat manfaatlarini himoya qilish hamda qonuniylikni ta’minlash maqsadida sud instansiyalariga murojaatlar tashabbusini ko‘tarish;
  • hududiy boshqarmalar tomondan rieltorlik faoliyatini litsenziyalash jarayonini tashkil etilishini tahlil va nazorat qilish;
  • Litsenziatlarning litsenziya talablari va shartlarini rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Baholash va rieltorlik malaka sertifikatlarini olish uchun malaka imtihonlarini tashkil etish;
  • Sud organlari so‘rovnomalariga ko‘ra bahsli vaziyatlarda baxolanuvchi ob’ektlarni baxolash materiallarini ekspertizadan o‘tkazish buyicha Ekspert komissiyasining ishini tashkil etish.
  • baholovchi va rieltorlik jamoat tashkilotlari bilan xamkorlik faoliyatini doimiy yuritgan holda sohaga oid muammolarni bartaraf etish va sohani rivojlantirish yuzasidan asoslangan takliflarni ishlab chiqish;
  • baholovchi va rieltorlarni tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi o‘quv markazlarning namunaviy dasturlarini ko‘rib chiqish va tasdiqlash vasifatli ta’lim jarayonini tashkil etishda ko‘maklashish.
510 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech