Ру Ўз O'z En

Baholash va rieltorlik yo‘nalishi va natija

Baholash faoliyatini litsenziyalash va rieltorlarni sertifikatlash boshqarmasi quyidagi asosiy normativ – huquqiy xujjatlarga asosan faoliyat yuritadi:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari:

“Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi

“Rieltorlik faoliyati to‘g‘risida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari:

“Baholovchi tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun ularning mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”gi 24.04.2008 yildagi PQ-843-sonli qarori;

“Baholash xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01.06.2018 yildagi PQ-3764-sonli qarori,

“Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 01.07.2019 yildagi PQ-4381-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari:

“Baholash faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi 08.05.2003 yildagi 210-sonli qarori;

“Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 10.05.2011 yildagi 129-sonli qarori; 

“Baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan o‘tkazish mexanizmini tasdiqlash haqida”gi 28.07.2008 yildagi 161-sonli qarori;

“Baholovchilarga toifalar berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 24.09.2019 yildagi 799-sonli qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan:

“Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom 10.06.2011 yildagi 2236-sonli;

“Baholovchining malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida Nizom” 15.04.2019 yildagi 3153-sonli;

“O‘zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti” 04.06.2020 yilda 3239-son bilan davlat ro‘yxatiga olingan.

5963 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech