Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Oktyabr 2022

Vazirlar Mahkamasining davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish to'g'risidagi qarori qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi "2021-2025-yillarda davlat ishtirokidagi korxonalarni boshqarish va isloh qilish strategisyasi qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida"gi 619-son qarori qabul qilindi.

Unga ko'ra, davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish va ularni isloh qilish ishlarini jadallashtirish maqsadida, quyidagilar ko'zda tutilgan:

  • strategik sohalarga oid ayrim aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishda davlat ishtirokining maxsus huquqi (oltin aksiya) bekor qilinishi munosabati bilan qonunchilikni muvofiqlashtirish;
  • davlat unitar korxonalarida boshqaruv organi sifatida kuzatuv kengashini tashkil etish, uning vakolatlari hamda javobgarligini belgilash;
  • korxonalarda ichki audit xizmati xodimlarinin tanlov asosida saylash, ularning ma'suliyati va javobgarligini kuchaytirish;
  • korxonalar faoliyatining ochiqligi va shaffofligi ta'minlash maqsadida rivojlantirish strategiyasi, uni amalga oshirish chora-tadbirlari va ijrosi to'g'risidagi hamda tijorat va notijorat maqsadlarni amalga oshirish  bilan bog'liq faoliyati to'g'risidagi ma'lumotlarni oshkor etish kabi normalar qonunchilikka kiritilmoqda.

Ushbu hujjat davlat ishtirokidagi korxonalarda korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublarini joriy etish va davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) vazifasini bajaruvchi tashkilotlarning ma'suliyatini oshirishga xizmat qiladi.

1920 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech