Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 May 2020

“Milliy banklararo protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyatining aksiyalar chiqariluvi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-noyabrdagi PQ – 381 ­ son qaroriga asosan “Milliy banklararo protsessing markazi” MChJ aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi munosabati bilan, jamiyatning aksiyalar chiqariluvi 2024 yil 21-may kuni Istiqbolli loyihalar milliy agentligidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Jamiyat tomonidan nominal qiymati 1000 soʻm va umumiy qiymati 155,4 mlrd. soʻm boʻlgan 155 448 748  dona oddiy aksiyalar chiqarilib, 100 foiz Davaktiv agentligiga joylashtirildi.

Maʼlumot oʻrnida, Tegishli xususiylashtirish dasturiga asosan “Milliy banklararo protsessing markazi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi ommaviy savdolar orqali xususiylashtirilishi belgilangan.

156 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech