Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 Dekabr 2022

"UZ DONGJU PEINT KOMPANI" MChJ QKdagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayonining qatʼiy narx takliflarini qabul qilish bosqichi to‘g‘risida axborot

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yil 20 noyabr kuni chop etilgan eʼlonga muvofiq“UZ DONGJU PEINT KOMPANI" MChJ QK (keyingi o‘rinlarda - “Kompaniya” yoki “Aktiv”) ustav kapitalidagi 50,0 foiz davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – “Bitim”) xususiylashtirish jarayoni yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Avval ma'lum qilganimizdek, "Rezolut" konsalting kompaniyasi va "Dentons Tashkent" advokatlik firmasi konsorsiumi (keyingi o‘rinlarda – “Maslahatchi”) ushbu bitim yuzasidan Davaktiv agentligining maslahatchisi sifatida jalb etilgan.

Kompaniyaning xususiylashtirish jarayonlari doirasida Maslahatchi tomonidan keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan salohiyatli investorlarga investitsiya tizerlari yuborildi. Natijada, 2022 yil 27 noyabrga qadar 8 nafar xalqaro va mahalliy investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of Interest) to‘g‘risidagi arizalar kelib tushdi.

Davaktiv agentligi hamda xususiylashtirish bo‘yicha Maslahatchi tomonidan kelib tushgan barcha arizalar quyidagi mezonlar bo‘yicha saralanadi:

  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taqiqlashi mumkin bo‘lgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”giQonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi.

Maslahatchi tomonidan kelib tushgan arizalar yuqoridagi mezon talablari asosida chuqur o‘rganildi va barcha talabgorlarning yuqoridagi talablarga muvofiqligi aniqlandi.

Shunga ko‘ra, Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichidan muvofaqqiyatli o‘tgan 4 nafar talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining kelgusi Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichida ishtirok etish uchun taklif qilindi hamda ularga ushbu bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi xat (Process Letter 1) yuborildi.

Xususiylashtirish jarayoninig majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni qabul qilish bosqichida o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlar bilan Axborotlarni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanib, ularga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha indikativ majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan axborotni o‘z ichiga olgan dastlabki ma'lumotlar to‘plami (Information Memorandum) bilan tanishish imkoniyati beradigan virtual ma'lumotlar xonasi (VDR)ga kirish imkoniyati berildi.

Joriy yilning 14 dekabrga qadar, Maslahatchiga Kompaniya ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish narxi bo‘yicha 4 nafar talabgorlarning majburiyatga ega bo‘lmagan takliflari (NBO) kelib tushgan. Maslahatchi tomonidan talabgorlar takliflari savdo jarayonining ushbu bosqichida belgilangan talablarga, shu jumladan, ularning moliyaviy ko‘rsatkichlari, to‘lovga qobiliyatlilik darajasi o‘rganildi va uning tavsiyasiga asosan barcha 4 nafar talabgorlar savdo jarayonlarining navbatdagi majburiyatga ega bo‘lgan (BO) takliflarni qabul qilish bosqichiga o‘tkazildi.

Kelgusida, mazkur talabgorlar xususiylashtirish jarayonlarining keyingi bosqichlarida ishtirok etish uchun taklif qilinadi hamda ularga keyingi bosqich jarayonlari to‘g‘risidagi Maslahatchi tomonidan jarayon xati (Process Letter 2) yuboriladi. Xususiylashtirish jarayonlarida kelgusidagi o‘z ishtirokini tasdiqlagan talabgorlarga maslahatchi tomonidan tayyorlangan Kompaniyaning moliyaviy, soliq, huquqiy va ekologik faoliyati bo‘yicha mustaqil tahliliy hisobotlarini (VDD) o‘z ichiga olgan virtual axborot xonasiga (VDR) kirish imkoniyati hamda Kompaniyaga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organi bilan uchrashish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, Maslahatchi tomonidan Aktivni sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lgan takliflar (BO) 2023 yilning 14 yanvar kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar qabul qilinadi.

Davaktiv agentligi hamda "Rezolut" konsalting kompaniyasi va "Dentons Tashkent" advokatlik firmasi konsorsiumi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda xususiylashtirish jarayonlarining Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO) qabul qilish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikni shaffof muhitda davom ettiradi.

1471 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech