Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Noyabr 2022

“UZ-DONGJU PEINT KOMPАNI” MChJ QK ustav kapitalidagi davlat ulushini sotib olish uchun arizalarni qabul qilish muddati uzaytirildi

Davaktiv agentligining joriy yil 10 oktyabrdagi «UZ-DONGJU PEINT KOMPANI» MCHJ QK ustav kapitalidagi 50,0 foiz aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha tanlov eʼloniga muvofiq quyidagilar maʼlum qilinadi.

Davaktiv agentligi salohiyatli investorlarga aktivni yaxshiroq o‘rganish va jarayon ishtirokida malakaviy tayyorlanishga ko‘proq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida o‘tkazish hamda qo‘shimcha salohiyatli investorlarni jalb qilish maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “UZ-DONGJU PEINT KOMPANI” MCHJ QK  ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddati 2022 yil 27 noyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.

Avval maʼlum qilinganidek, “Rezolut” konsalting kompaniyasi va "Dentons Tashkent" advokatlik firmasi konsorsiumi ushbu Bitim yuzasidan Agentlikning maslahatchisi sifatida jalb qilingan.

Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manzillariga yuborish lozim: m.eshmirzayev@rezolut.uz va info@rezolut.uz.

Qo‘shimcha maʼlumotlar bilan quyidagi  havola orqali tanishingiz mumkin.

 

1927 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech