№ |
Imtiyoz va qoʻllab-quvvatlash choralari |
Normativ hujjat raqami va sanasi |
Normativ hujjat havolasi |
I. Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarida beriladigan |
|||
Sotib olingan davlat aktivlari qiymatiga chegirma qoʻllash: |
|||
1. |
Davlat aktivi xaridorining chegirmani berish to'g'risidagi yozma (elektron) arizasiga muvofiq, sotib olish to'lovlarni 1oy ichida to'liq amalga oshirilsa Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida chegirma beriladi; |
PQ-2200 |
|
2. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududlaridan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha toʻlovlar 3 oy ichida toʻliq qoplab berilsa shartnoma qiymatining 25 foizi miqdorida chegirma beriladi; |
PQ-264 PQ-89 |
https://www.lex.uz/docs/6039685
|
Sotib olingan davlat aktivlari xarid qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash: |
|||
3. |
Sotib olish toʻlovlarining qiymati (bazaviy hisoblash miqdori)ga qarab 3 oydan 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash; |
OʻRQ-907 |
|
4. |
Mehmonxona va turizm xizmatlarini koʻrsatish uchun sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PF-9 |
|
5. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PF-287 |
|
6. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkor tomonidan sotib olingan davlat aktivlari boʻyicha xarid qiymatidan qatʼiy nazar 7 yilga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PQ-39 |
|
7. |
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning aktivlari sotib olinganda, xarid qiymatidan qatʼiy nazar 5 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PQ-329 |
|
8. |
“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi boʻyicha sertifikatga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga yaratiladigan yangi ish oʻrinlaridan kelib chiqib 3 yildan 5 yilgacha teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PF-93 |
|
Sotib olingan davlat aktivlarni garov sifatida taqdim etish: |
|||
9. |
Sotib olingan davlat aktivi xarid qiymatining dastlabki toʻlovi 35 foizdan koʻp boʻlgan holatda davlat aktivi kredit taʼminoti uchun garovga qoʻyish huquqi beriladi; |
OʻRQ-907 VMQ-420 |
https://www.lex.uz/docs/6800515
|
Sotib olingan davlat aktivlarni qoʻshimcha foizlarsiz boʻlib toʻlash: |
|||
10. |
Sotib olingan davlat aktivlari xarid qiymati boʻyicha dastlabki toʻlovi 35 foizdan koʻp boʻlgan holatda qoʻshimcha foizlarsiz boʻlib toʻlash; |
OʻRQ-907 PQ-168 |
https://www.lex.uz/docs/6800515
|
11. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan davlat aktivlari hamda 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlarida faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkor tomonidan sotib olingan aktivlar boʻyicha dastlabki toʻlovi qiymatidan qatʼiy nazar; |
PQ-39 |
|
Zakalat pulining 50 foizini toʼlab savdolarda ishtirok etish: |
|||
12. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan “E-auksion” savdo platformasida savdoga chiqarilgan davlat aktivlari boʻyicha zakalat miqdorining 50 foizini toʻlab savdolarda ishtirok etish huquqi beriladi; |
PF-287 |
|
Davlat aktivlarini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish: |
|||
13. |
2024-yil 1-yanvarga qadar tuzilgan ijara shartnomalari boʻyicha ijaraga olinganiga kamida 5 yil boʻlgan davlat mulki obyektini Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartib asosida kapital taʼmirlash, modernizatsiya qilish, tevarak-atrofini obodonlashtirish va bino-inshootlarni turli darajada yaxshilash boʻyicha ishlar amalga oshirilgan va ijara toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab kelingan hamda ushbu obyekt xususiylashtirish dasturiga kiritilgan taqdirda ularga ushbu davlat mulki obyektini baholangan qiymatda toʻgʻridan-toʻgʻri oldi-sotdi shartnomasini tuzish; |
PQ-162 |
II. Yer uchastkalarini xususiylashtirish jarayonlarida beriladigan |
|||
Sotib olingan yer uchastkalari qiymatiga chegirma qoʻllash: |
|||
1. |
Toʻlovlar 15 ish kunida toʻliq amalga oshirilganida shartnoma qiymatining 20 foizi miqdorida chegirma beriladi;
*Boshlangʻich narxi 50 foizdan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari bundan mustasno. |
PF-135 |
|
Sotib olingan yer uchastkalari xarid qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash: |
|||
2. |
Sotib olingan yer uchastkasi boʻyicha 15 ish kunida dastlabki toʻlov 35 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 3 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash; *Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi yer uchastkalariga ham tatbiq etiladi. |
PF-135 |
|
3. |
Sotib olingan yer uchastkasi boʻyicha 15 ish kunida dastlabki toʻlov 15 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 5 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash; *Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlaridagi yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. |
PF-135 |
|
4. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan sotib olingan yer uchastkalari boʻyicha 15 ish kunida dastlabki toʻlov 15 foizdan kam boʻlmagan qiymatda amalga oshirilganida qolgan summaga Markaziy bankining amaldagi asosiy stavkasi miqdorida foiz hisoblangan holda 10 yilga boʻlib-boʻlib toʻlash; |
PF-135 |
|
Zakalat puli 50 foizga chegirilgan holda savdolarda ishtirok etish: |
|||
5. |
Respublikaning 4- va 5-toifadagi tuman va shaharlardan “E-auksion” savdo platformasidan yer uchastkalari boʼyicha zakalat miqdorining 50 foizini toʼlab savdolarda ishtirok etish huquqi beriladi; |
PF-287 |
III. Davlat mulkini ijaraga berish jarayonlarida beriladigan |
|||
Ijara toʻlovi miqdorini 50 foiz miqdorida belgilash: |
|||
1. |
Kasanachilarni jalb qilgan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorda belgilanadi; |
PQ-70 |
|
2. |
“Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarni ishga jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi; |
PQ-376 |
|
3. |
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan ishsiz yoshlarni ishga jalb qilgan tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi; |
PF-6208 |
|
4. |
Alohida toifadagi (nogironligi mavjud yoki xodimlari tarkibining koʻproq qismini nogironlar tashkil etuvchi) tadbirkorlik subyektlari uchun ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi; |
PQ-3782 |
|
5. |
Moddiy-madaniy meros obyektlarida investitsiya kiritish sharti bilan ijaraga olgan subyektlarga ijara toʻlovi 50 foiz miqdorida belgilanadi; |
VMQ-53 |
|
6. |
Yozgi Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarida gʻolib (sovrindor) boʻlgan sportchilar tashkil etgan nodavlat sport-taʼlim muassasasi va sport toʻgaraklarini tashkil etish uchun ijara toʻlovlari 50 foiz miqdorida etib belgilangan;
*2024-yil 1-yanvardan — 2026-yil 1-yanvarga qadar amal qiladi. |
PQ-302 PQ-92 |
https://www.lex.uz/docs/6091681
|
Ijara toʻlovi miqdorini 90 foiz miqdorida belgilash: |
|||
7. |
Mehnat resurslari zich boʻlgan qishloq joylar reyestriga kirgan hududlardagi xotin-qizlar bandligini taʼminlagan tadbirkorlik subyektlariga ijaraga olingan obyekt boʻyicha ijara toʻlovi 90 foiz miqdorida belgilanadi; |
PQ-70 |
|
Tekinga foydalanish imkoniyati bilan: |
|||
8. |
Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi tashkilotlari hamda IT-park filiallarining davlat koʻchmas mulk obyektlaridan 1 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
PQ-87 |
|
9. |
Xususiy oʻquv markazlari tashkil etish uchun boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyekt-laridan tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
PQ-239 |
|
10. |
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotidagi osh-xona maydoni autsorsing usulida tashkil etilganida obyektdan tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
VMQ-626 |
|
11. |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi aʼzosi boʻlgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki obyektlaridan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
VMQ-834 |
|
12. |
Navoiy viloyatining Tomdi, Uchquduq, Koni-mex, Nurota tumanlari va Zarafshon shahrida yangi ish oʻrinlari yaratish sharti bilan davlat mulki obyektlaridan tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
PQ-3301 |
|
13. |
Ishlab chiqarish sohasida faoliyat uritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar boʻlganida, mazkur davlat mulki obyektidan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
PQ-376 |
|
14. |
Ishlab chiqarish sohasida faoliyat uritayotgan va xodimlari umumiy sonining kamida 70 foizi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar boʻlgan-da, davlat mulki obyektidan 5 yil muddatga tekinga foydalanish huquqi beriladi; |
PF-6208 |
|
Toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berish: |
|||
15. |
IT-xizmatlar eksport qiluvchi korxonalarni keng jalb qilishga qaratilgan dastur ishtirokchilari bilan oʻrtacha ijara haqi miqdorida toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuziladi; |
PQ-87 |