Ру Ўз O'z En

Jamoatchilik kengashi nizomi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda Davaktiv agentligi deb yuritiladi) huzuridagi jamoatchilik kengashining (keyingi o‘rinlarda jamoatchilik kengashi deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

  2. Jamoatchilik kengashi o‘z ishini jamoatchilik asosida olib boradigan doimiy faoliyat yurituvchi maslahat-kengash organi hisoblanadi.

Axborot xizmati bo‘limi Jamoatchilik kengashining ishchi organi hisoblanadi.

  1. Jamoatchilik kengashi Davaktiv agentligining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalariga tatbiq etiladi.

  2. Jamoatchilik kengashi Davaktiv agentligi direktorining buyrug‘i bilan tashkil etiladi.

  3. Jamoatchilik kengashining qarorlari tavsiyaviy xususiyatga ega.

  4. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Davaktiv agentligining hujjatlariga amal qiladi.

  5. Jamoatchilik kengashi to‘g‘risidagi nizom va unga kiritiladigan o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar Davaktiv agentligi direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.

2-bob. Jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari

    1. Quyidagilar jamoatchilik kengashining asosiy vazifalari hisoblanadi:

        qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek, davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarida jamoatchilik manfaatlari va jamoatchilik fikri hisobga olinishi, fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasida qonun hujjatlari talablari ijrosini taʼminlash, Davaktiv agentligi zimmasiga yuklangan hamda ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxl qiluvchi vazifalar
    va funksiyalarni bajarish, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, ijtimoiy sheriklik doirasida amalga oshiriladigan bitimlar, shartnomalar, loyihalar va dasturlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha Davaktiv agentligi va uning mansabdor shaxslarining faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;
         birgalikda muloqot qilish, Davaktiv agentligining nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun Davaktiv agentligini fuqarolar bilan bog‘lab turadigan “ko‘prik” rolini bajarish;

        fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi eng muhim masalalar yuzasidan Davaktiv agentligining faoliyati haqidagi jamoatchilik fikrini tizimni monitoring qilish va har tomonlama tahlil qilish, sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish, jumladan ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish;

        Davaktiv agentligi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilgan ishlar ustidan monitoring tahlil o‘tkazish, shuningdek, ularning natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlash;

        Davaktiv agentligi faoliyatining ochiqligini taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlarni monitoring qilish, uning faoliyati to‘g‘risida batafsil axborot olish imkoniyatlarini tahlil qilish, ularni yana-da kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

        Davaktiv agentligi faoliyatini isloh qilish va fuqarolar ishtirok etishi uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganish va ularni yaxshilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

        Davaktiv agentligi faoliyati bo‘yicha fuqarolar o‘rtasida o‘tkaziladigan tushuntirish ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etish, ularning samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;

        Davaktiv agentligining markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish bo‘yicha muammolarni kompleks tahlil qilish hamda tahlil yakunlari bo‘yicha mazkur sharoitlarni yaxshilash yuzasidan takliflar kiritish.

    1. Jamoatchilik kengashi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:

        Davaktiv agentligining faoliyatiga doir masalalar yuzasidan fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining tashabbuslari hamda murojaatlarini ko‘rib chiqishda ishtirok etadi, shuningdek, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Davaktiv agentligiga tegishli takliflar kiritadi;

        Davaktiv agentligining fuqarolar, nodavlat notijorat tashkilotlari
    va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan o‘zaro hamkorligini tahlil qiladi, shuningdek, hamkorlikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

        Davaktiv agentligi faoliyatiga taalluqli uning normativ-huquqiy hujjatlari va qarorlarini takomillashtirish, ulardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, shuningdek, kiritilgan takliflarni Davaktiv agentligi xodimlari o‘rtasida muhokama qilishga bag‘ishlangan tadbirlarni tashkil etishda qatnashadi;

        davlat dasturlari loyihalarini, tadbirlar rejalarini va Davaktiv agentligi faoliyatiga taalluqli, shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi boshqa hujjatlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, qabul qilingan dasturlarni amalga oshirishda vakolatlari doirasida ishtirok etadi, bajarilgan ishlarning samaradorligini tahlil qiladi, shuningdek, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

        Davaktiv agentligi rahbarlari va xodimlarining fuqarolar bilan uchrashuvlarini, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq ishlarni tashkil etishda, shu jumladan joylarga borib tashkil etishda qatnashadi, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring o‘tkazadi;

        Davaktiv agentligi xodimlari va ular oilalarining uy-joy, ijtimoiy-maishiy, xizmat shart-sharoitlarini, ularga malakali tibbiy yordam ko‘rsatish sharoitlarini yaxshilashda, shuningdek, ishdan bo‘shatilgan yoki zaxiraga olingan xodimlarni ijtimoiy va kasbiy moslashtirish muammolarini hal etishda ko‘maklashadi;

        xodimlar va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy va huquqiy himoya qilish masalalari bo‘yicha Davaktiv agentligi xodimlari o‘rtasida keng tushuntirish ishlarini tashkil etadi;

        Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari, hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarida sog‘lom ishchanlik muhitini rivojlantirish, qonuniylikni yuksak huquqiy madaniyat va ahloqiylikni taʼminlash, xodimlarga vatanga sodiqlik ruxini va qonunlarga bo‘lgan hurmatni kuchaytirish, ularni ijtimoiy, siyosiy, ruxiy va maʼnaviy-maʼrifiy kamol toptirish, shuningdek, mazkur sohadagi ilmiy-maʼrifiy va o‘quv adabiyotlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;

        mamlakatda va xorijda keng jamoatchilikni Davaktiv agentligi faoliyatini isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlar haqida muntazam ravishda xabardor qilishni taʼminlaydi hamda mavjud muammolarni hal qilish va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

        Davaktiv agentligi faoliyatiga bag‘ishlangan ilmiy-nazariy va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlarini tashkil etishda ishtirok etadi;

        Davaktiv agentligi faoliyatini ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha bajarilayotgan ishlarning natijalarini tahlil qiladi, ularning samaradorligini oshirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;

        o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarishda nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari hamda fuqarolar bilan hamkorlik qiladi;

    1. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar
      va funksiyalarni bajarish uchun:

        Davaktiv agentligi tomonidan tashkil etiladigan bo‘lajak ochiq hayʼat majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni oldindan olish hamda mazkur tadbirlarda ishtirok etish;

        Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalarining binolari (xonalari) va boshqa obyektlarini belgilangan tartibda borib ko‘rish;

        Davaktiv agentligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari hududiy organlari va idoraviy mansub tuzilmalari rahbarlariga jamoatchilik kengashi vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflarni kiritish;

        Davaktiv agentligi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan Davaktiv agentligining axborotlari, statistika va boshqa materiallarni belgilangan tartibda olish;

        Davaktiv agentligining qonun ijodkorligi faoliyatida, Davaktiv agentligi tomonidan ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik va ekspertlar muhokamasini taʼminlashda ishtirok etish;

        jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlariga Davaktiv agentligi tomonidan berilgan javoblarning sifatini tanlab olgan holda tahlil qilish;

        Davaktiv agentligi xodimlarining roziligi bilan ularning uy-joy,
    ijtimoiy-maishiy va xizmat shart-sharoitlari bilan tanishish;

        jamoatchilik kengashi majlislarida muhokama qilinadigan masalalarni yoritish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish;

        yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun konferensiyalar, forumlar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish huquqiga ega.

        Jamoatchilik kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

    1. Jamoatchilik kengashi o‘z faoliyatini amalga oshirishda:

        jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilishi;

        Davaktiv agentligi faoliyati bilan bog‘liq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qilishi;

        Davaktiv agentligi va uning mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmasligi;

        Davaktiv agentligi va uning mansabdor shaxslari faoliyat ko‘rsatishi uchun to‘sqinlik qilmasligi;

        fuqarolarning or-nomusi va qadr-qimmatini tahqirlashga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishiga yo‘l qo‘ymasligi;

        Davaktiv agentligi faoliyatiga tegishli xabarlar, materiallar, hujjatlar
    va xizmat axborotlarini Davaktiv agentligining belgilangan ichki qoidalarga rioya etgan holda begona shaxslarga tarqatishga yo‘l qo‘ymasligi;

        Davaktiv agentligi faoliyati bo‘yicha o‘zlariga maʼlum bo‘lgan axborotning saqlanishini va maxfiyligini taʼminlash yuzasidan barcha choralarni ko‘rishlari shart, ularning oshkor etilganligi uchun ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar;

        jamoatchilik nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborotning, agar bunday axborotni tarqatish qonun bilan cheklangan bo‘lsa, maxfiyligiga rioya qilishi shart.

        Jamoatchilik kengashining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

    3-bob. Jamoatchilik kengashining tarkibini shakllantirish va ishini tashkil etish tartibi

    1. Jamoatchilik kengashining tarkibiga uning raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va aʼzolari kiradi.

    2. Jamoatchilik kengashi aʼzoligiga, qoida tariqasida, Davaktiv agentligida namunali xizmat ko‘rsatgan mehnat faxriylari, jamoatchilik faoliyati sohalarida katta amaliy tajribaga ega obro‘-eʼtiborli fuqarolar, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qabul qilinadi.

    3. Jamoatchilik kengashining tarkibi Davaktiv agentligi direktorining buyrug‘i bilan har 3 yilda tasdiqlanadi.

    4. Quyidagi holatlarda jamoatchilik kengashining raisi, rais o‘rinbosari, kotibi va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:

        ular tomonidan jamoatchilik kengashi tarkibidan chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;

        jamoatchilik kengashinig majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganda;

        ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;

        vafot etganda, shuningdek sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida ular momalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topilganda.

    1. Jamoatchilik kengashining tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotlar va unga kiritilgan o‘zgartirishlar ular tasdiqlangan paytdan boshlab 5 kun ichida Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

    2. Jamoatchilik kengashining raisi:

        jamoatchilik kengashining faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;

        jamoatchilik kengashining majlislarini chaqiradi va kun tartibini belgilaydi;

        jamoatchilik kengashining majlislarida raislik qiladi;

        jamoatchilik kengashining ish rejasini, majlis bayonnomasini va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;

        jamoatchilik kengashi qarorlarinig ijrosini nazorat qiladi;

        jamoatchilik kengashi aʼzolarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishini muvofiqlashtiradi;

        Davaktiv agentligining rasmiy veb-saytida va boshqa resurslarda joylashtiriladigan jamoatchilik kengashining faoliyati to‘g‘risidagi maʼlumotlar tarkibi bo‘yicha takliflar kiritadi va Davaktiv agentligi direktori bilan kelishadi;

        jamoatchilik kengashi qarorlarini bajarish masalalari yuzasidan Davaktiv agentligi direktori bilan hamkorlik qiladi;

        jamoatchilik kengashining samarali ishini taʼminlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    1. Jamoatchilik kengashining raisi bo‘lmagan taqdirda, uning vakolatlari va majburiyatlarini rais o‘rinbosari bajaradi.

    2. Jamoatchilik kengashi raisining o‘rinbosari:

        rais yo‘qligida jamoatchilik kengashining majlislarida raislik qiladi;

        jamoatchilik kengashi qarorlarining ijrosini nazorat qilish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

        fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, jamoatchilik kengashi faoliyatiga taalluqli murojaatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;

        jamoatchilik kengashining samarali ishlarini taʼminlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    1. Jamoatchilik kengashining kotibi:

        jamoatchilik kengashining faoliyatini uslubiy, tashkiliy-huquqiy
    va tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlash masalalarini hal qiladi;

        jamoatchilik kengashining navbatdagi majlisiga barcha zarur materiallar o‘z vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, Davaktiv agentligi xodimlaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni so‘rab oladi;

        kun tartibiga muvofiq jamoatchilik kengashi majlislari o‘tkazilishini tashkil etadi;

        jamoatchilik kengashi o‘tkaziladigan sana, joy va taklif etiladigan shaxslar ro‘yxatini jamoatchilik kengashining raisi bilan kelishadi;

        jamoatchilik kengashining aʼzolarini va taklif etiladigan shaxslarni jamoatchilik kengashi majlisi o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt haqida xabardor qiladi;

        jamoatchilik kengashi qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring olib boradi va uning natijalarini jamoatchilik kengashi majlisida ko‘rib chiqish bo‘yicha takliflar kiritadi;

        jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasini rasmiylashtiradi
    va tasdiqlangan bayonnomaning jamoatchilik kengashi aʼzolari hamda boshqa manfaatdor shaxslarga jo‘natilishini taʼminlaydi;

        jamoatchilik kengashining samarali ishlashini taʼminlash bo‘yicha boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    1. Jamoatchilik kengashining aʼzolari o‘z majlislarida ko‘rib chiqilgan masalalarni muhokama qilish va hal qilishda o‘z vakolatini boshqalarga o‘tkazish huquqiga ega emas.

        Jamoatchilik kengashining majlisida ishtirok etish imkoni bo‘lmagan holatlarda, uning aʼzosi majlis kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z fikrini yozma shaklda yuborishi mumkin. Bunda uning fikri majlisda ko‘rib chiqiladi va ovoz berishda hisobga olinadi.

        Jamoatchilik kengashining aʼzolari:

        o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Davaktiv agentligi tomonidan tashkil etiladigan hayʼat majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda ishtirok etadi;

        jamoatchilik kengashi ish rejalarining loyihalarini tayyorlaydi, ularni jamoatchilik kengashida ko‘rib chiqish uchun kiritadi va tasdiqlangan ish rejalari bajarilishini taʼminlaydi;

        Davaktiv agentligi faoliyatining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqishda hamda amalga oshirishda qatnashadi;

        Davaktiv agentligi xodimlari, ularning oila aʼzolari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi va ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash bo‘yicha takliflarni jamoatchilik kengashiga kiritadi;

        jamoatchilik kengashining kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tahliliy materiallar tayyorlaydi;

        jamoatchilik kengashining vakolatiga kiradigan masalalar bilan bog‘liq murojaatlarni ko‘rib chiqadi va natijalari bo‘yicha tegishli hujjatlarni tayyorlaydi;

        jamoatchilik kengashining zimmasiga yuklangan vazifalar
    va funksiyalarga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    1. Jamoatchilik kengashi faoliyatining asosiy masalalari uning majlisida ko‘rib chiqiladi. Jamoatchilik kengashining majlisi uning ish rejalari asosida har chorakda kamida bir marta chaqiriladi.

        Jamoatchilik kengashi raisi jamoatchilik kengashi aʼzolarining uchdan bir qismini yozma murojaati asosida uning navbatdan tashqari majlisini chaqirishi mumkin.

    1. Jamoatchilik kengashining majlislariga boshqa davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari taklif etilishi mumkin.

    2. Jamoatchilik kengashi majlisi kun tartibining loyihasi kotib tomonidan jamoatchilik kengashi aʼzolarining takliflari va jamoatchilik kengashi raisining topshirig‘i asosida shakllantiriladi.

    3. Jamoatchilik kengashining majlisini uning raisi olib boradi. Rais ishtirok eta olmagan holatlarda, majlisni uning o‘rinbosari olib boradi.

        Jamoatchilik kengashining majlisida Davaktiv agentligi direktori, uning o‘rinbosarlari va boshqa xodimlar ishtirok etishi mumkin.

    1. Jamoatchilik kengashining majlisi, agar unda jamoatchilik kengashi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi (kvorum) ishtirok etgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.

        Majlisni o‘tkazish uchun kvorum shakllanmagan taqdirda, jamoatchilik kengashining yangi majlisi o‘tkaziladigan sana eʼlon qilinadi.

    1. Jamoatchilik kengashining qarori majlisda ishtirok etayotgan jamoatchilik kengashi aʼzolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.

    2. Jamoatchilik kengashining har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘zining fikrini yozma shaklda ifodalashga haqli. Uning fikri jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasiga majburiy tartibda qo‘shib qo‘yiladi.

    3. Jamoatchilik kengashining majlisida qabul qilingan qaror bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Jamoatchilik kengashi majlisining bayonnomasi kotib tomonidan imzolanadi, majlisga raislik qiluvchi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Davaktiv agentligiga, jamoatchilik kengashi aʼzolariga va manfaatdor shaxslarga yuboriladi.

    4. Jamoatchilik kengashining qarorini tezlik bilan qabul qilish zaruriyati tug‘ilganda, uning raisi tashabbusi bilan qaror jamoatchilik kengashining aʼzolari bilan kelishilgan holda so‘rov yo‘li bilan qabul qilinishi mumkin.

        Davaktiv agentligi jamoatchilik kengashining qabul qilgan qaroriga qo‘shilmagan hollarda, jamoatchilik kengashining qarorini olgan kundan boshlab o‘n kundan kechikmay unga asoslantirilgan eʼtirozini yozma shaklda yuboradi.

    1. Jamoatchilik kengashining kotibi kengash aʼzolari ko‘magida jamoatchilik kengashi qarorlari ijrosining borishini o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarur bo‘lgan hollarda, jamoatchilik kengashining raisiga tegishli takliflar kiritadi.

    4-bob. Yakunlovchi qoidalar

    1. Jamoatchilik kengashining faoliyatini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash Davaktiv agentligi tomonidan, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

    2. Jamoatchilik kengashining faoliyati uning nizomiga va O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq ekanligi Davaktiv agentligi direktori tomonidan nazorat qilinadi.

    3. Jamoatchilik kengashining va Davaktiv agentligi direktorining jamoatchilik kengashi faoliyati bilan bog‘liq qarorlari ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

8767 Chop etish