Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi yoshlari Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishdi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimi 54 nafar yosh xodimlari joriy yilning 14-fevral kuni Toshkentdagi “Islom sivilizatsiyasi markaziga” amaliy sayohatni amalga oshirishdi.

Sayohatda qurilishi qariyb sakkiz yil davomida barpo etilgan markazning 2000 ta eksponatga ega muzeyning kutubxona, nodir qoʻlyozmalar fondi bilan yaqindan t anishib oʻtishdi.

Shu bilan birga Oʻzbekistonning islomgacha boʻlgan va islom davri madaniy merosini zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda ilmiy tadqiqotlar bilan uygʻunlashtirilgan noyob eksponatlar islom sivilizatsiyasi, Oʻzbekiston hududida asrlar davomida ilm-fan, taʻlim, tarbiya, madaniyat va maʻrifat orqali qanday rivojlanganini yaqqol namoyon etganligi tabiiy aks ettirilgan.
Tashrif davomida nafaqat bebaho artefaktlar, balki, interaktiv oʻquv laboratoriyalari, virtual koʻrgazmalar, “vaqt kapsulalari”, “vaqt devorlari”, hamda dunyo boʻylab barcha uchun ochiq boʻlgan koʻp tilli raqamli manbalari toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishdi.





