Davlat aktivlari agentligi tizimida “Yoshlar oyligi” doirasida sport va intellektual musobaqalar o‘tkazildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tizimida 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” doirasida Agentlik markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalar yosh xodimlari ishtirokida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida sport va intellektual musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqalar yosh xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning jismoniy faolligini oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbirlar doirasida futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, badminton va shaxmat bo‘yicha musobaqalar tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zaro do‘stona va sog‘lom raqobat ruhida bellashdilar.

Mazkur musobaqalar yosh xodimlarning jamoaviy hamkorligini yanada mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda Agentlik tizimida sog‘lom va faol turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qildi




