Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

11 Sentyabr 2024

10-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

313 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 9,3 mlrd so'm bo'lgan 580 ta lot 11,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 880 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
Andijon viloyati Buloqboshi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 352,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan noturar bino 387,3 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulki ijarasi:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 100,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 114,1 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 27,9 mln so‘m bo‘lgan "Shurtan gaz kimyo majmuasi" MCHJ balansidagi savdo do'koni 36,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 149 ta
  • boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 28,8 ga
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan erkin iqtisodiy zonalaridagi chorva ozuqasi, oziq-ovqat logistikasi va saqlash markazini tashkil etish uchun 15 gektar yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Buxoro tumanidan boshlang'ich narxi 527,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 33 sotix yеr uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Uchtepa tumanidan boshlang'ich narxi 313,6 mln so‘m bo‘lgan o‘quv makazi binosi qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 345 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 367 ta
  • boshlang'ich narx 3,1 mlrd so'm
  • sotilgan narx 3,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 718,8 ga
O'tkazilgan savdolarda 1 053 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,8 trln so'm bo'lgan 144 218 ta lot savdoga qo'yilgan.
4124 Chop etish