Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Iyul 2024

15-iyul sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 005 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 120,7 mlrd so'm bo'lgan 1 299 ta lot 157,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 12,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,4 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 808 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan bino 3,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 67,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 73,9 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani joylashgan boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki" balansidagi noturar bino 1,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 30 ta
  • boshlang'ich narxi 489 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 104,3 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti balansidagi inshoot qismi 219 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 104 ta
  • boshlang'ich narxi 7,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,9 mlrd so‘m
  • yer maydoni 48,8 ga
Toshkent viloyati Piskent tumanida boshlang‘ich narxi 743 mln so‘m bo‘lgan yog‘ochni qayta ishlash, pulpa va qog‘oz sanoati obyektlari qurish uchun 2 gektar yеr uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 925 ta
  • boshlang'ich narx 17,4 mlrd so'm
  • sotilgan narx 25,9 mlrd so'm
  • yer maydoni 1,8 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
  • soni 86 ta
  • boshlang'ich narxi 11,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 14,6 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 2 419 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,6 trln so'm bo'lgan 143 241 ta lot savdoga qo'yilgan.
36 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech