Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

06 Sentyabr 2024

5-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

470 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 102,7 mlrd so'm bo'lgan 390 ta lot 137,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 11 ta
  • boshlang'ich narxi 31,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 42,5 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 18,3 mlrd so‘m bo‘lgan “UNG Medline” MCHJ balansidagi bo‘sh turgan “Geolog" sanatoriy prafilaktoriyasi binosi 19,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 34,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 36 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 26,1 mlrd so‘m bo‘lgan ATB “Turonbank” Navoiy BXM balansidagi bino-inshoot 27,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulki ijarasi:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 239,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 329,9 mln so‘m
Yer uchastkalari:
  • soni 135 ta
  • boshlang'ich narxi 30,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 50,4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 33,6 ga
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 18,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 34 sotix yеr uchastkasi 21 mlrd so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang'ich narxi 145,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 399,9 mln so‘m bo‘lgan qayiq va skuterlarda sayr qilish imkoniyatini yaratish va qirgʻoq qurish (pirs) uchun 35 sotix yеr uchastkasi 1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 62 ta
  • boshlang'ich narx 1,6 mlrd so'm
  • sotilgan narx 2,4 mlrd so'm
  • yer maydoni 41,3 ga
O'tkazilgan savdolarda 1 158 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,3 trln so'm bo'lgan 143 699 ta lot savdoga qo'yilgan.
3799 Chop etish