621 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 71,8 mlrd so'm bo'lgan 461 ta lot 89,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 8 ta
- boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 548,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi mehmonxona bino-inshootlari 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar aktivlari:
- soni 13 ta
- boshlang'ich narxi 3,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Paxtakor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 858,7 mln so‘m bo‘lgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB balansidagi noturar joy 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
- soni 251 ta
- boshlang'ich narxi 37,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 44,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 17,5 ga
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 23,9 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 45 sotix yеr uchastkasi 26,3 mlrd so‘mga sotildi.
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan boshlang'ich narxi 11,5 mlrd so‘m bo‘lgan yirik universal va ixtisoslashtirilgan do‘konlar, supermarketlar, restoranlar, mehmonxona, ofis va ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 1,73 gektar yеr uchastkasi 12 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Chilonzor tumanidan boshlang'ich narxi 338,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 915,2 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 6 ta
- boshlang'ich narx 228 mln so'm
- sotilgan narx 742 mln so'm
- yer maydoni 13,5 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
- soni 91 ta
- boshlang'ich narxi 22,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 29,2 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 599 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14,9 trln so'm bo'lgan 143 932 ta lot savdoga qo'yilgan.