Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

30 May 2024

O‘zbekiston Respublikasidagi amalga oshirilayotgan xususiylashtirish jarayonlari Shveytsariya-Osiyo savdo palatasi uchun taqdimot qilindi

Joriy yil 28 may kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori o‘rinbosari A. Miraliev Shveytsariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tgan JSTga a'zo bo'lish bo'yicha Ishchi guruhining 8-yig‘ilishida ishtirok etdi, hamda uning boshchiligidagi Davaktiv vakillaridan iborat delegasiya a'zolari Shveysariya-Osiyo savdo palatasi direktori boshchiligidagi delegasiya bilan Syurix shahrida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Maʼlumot uchun: Shveytsariya-Osiyo savdo palatasi (SACC) 2005 yilda tashkil topgan hamda Shveytsariya va Osiyo oʻrtasidagi biznes va savdo aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan kompaniya hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya Osiya mintaqasidagi 18 dan ortiq davlatlar bilan savdo aloqalarini oʻrnatgan.

Uchrashuv davomida A. Miraliyev Oʻzbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorni ulushini oshirish borasida olib borilayotgan islohotlar, xususiylashtirish jarayonlari va undagi imkoniyatlar boʻyicha batafsil taqdimot oʻtkazdi.

Shveytsariya biznes vakillarini malakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritishlariga chorlab, xususiylashtirish doirasida sotilishi belgilangan yirik davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha batafsil maʼlumotlar berib oʻtdi.

Oʻz navbatida, Shveytsariya-Osiyo savdo palatasi direktori Urs Lustenberger Shvetsariya biznes soha vakillarini ushbu imkoniyatlar bilan tanishtirish va qoʻshimcha ravishda aniq sohalar boʻyicha hamkorlikni yanada kengaytirish taklifini ilgari surdi.

939 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech