Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 Iyul 2024

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 25-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test imtihon oʻtkaziladigan manzil

Masʼul xodim

Aloqa uchun telefon

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy

A.Abdiramanov

(97) 355-17-35

2

Andijon viloyati

Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

A.Zulunov

(90) 542-57-17

3

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

N.Toʻrayev

(91) 417-21-00

4

Jizzax viloyati

Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy

U.Norboyev

(99) 568-56-23

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi, 43-uy

U.Mardiyev

(93) 935-72-00

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi, 27-uy

A.Boymuratov

(90) 085-09-04

7

Namangan viloyati

Namangan shahar, Navoiy koʻchasi, 72-uy

S.Raxmonov

(93) 496-86-41

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahar, Koʻk saroy maydoni, 1A-uy

A.Ibragimov

(90) 742-61-19

9

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy

R.Qurbonov

(93) 798-30-67

10

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy

O.Saidbekov

(99) 784-02-12

11

Toshkent viloyati

Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, 45-uy

K.Toirbekov

(97) 715-75-65

12

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy

J.Abduraximov

(94) 442-22-44

13

Xorazm viloyati

Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy

U.Sultonov

(97) 513-07-05

14

Toshkent shahar

Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 6-uy

M.Mamadaliyev,

B.Shodiyev

(90) 812-47-71

(90) 981-57-20

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarmasi binosida topshirishlari mumkin.

761 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech