Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Mart 2024

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2024-yil 4-aprel kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Agentlikning veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan besh kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus aloqa raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʻiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarmasi binosida topshirishlari mumkin.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test oʻtkaziladigan manzil

Masʼul shaxs

Aloqa uchun telefon

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy

A.Abdiramanov

(97) 355-17-35

2

Andijon viloyati

Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

A.Zulunov

(90) 542-57-17

3

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

N.Toʻrayev

(91) 417-21-00

4

Jizzax viloyati

Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy

U.Norboyev

(99) 568-56-23

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi, 43-uy

U.Mardiyev

(93) 935-72-00

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi, 27-uy

A.Boymuratov

(90) 085-09-04

7

Namangan viloyati

Namangan shahar, Navoiy koʻchasi, 72-uy

S.Raxmonov

(93) 496-86-41

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahar, Ko‘k saroy maydoni, 1A-uy

A.Ibragimov

(90) 742-61-19

9

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy

R.Qurbonov

(93) 798-30-67

10

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy

O.Saidbekov

(99) 784-02-12

11

Toshkent viloyati

Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi, 45-uy

K.Toirbekov

(97) 715-75-65

12

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy

J.Abduraximov

(94) 442-22-44

13

Xorazm viloyati

Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy

U.Sultonov

(97) 513-07-05

14

Toshkent shahar

Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 6-uy

M.Mamadaliyev B.Shodiyev

(90) 812-47-71

(90) 981-57-20

1348 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech