Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Yanvar 2025

Sud boshqaruvchisi attestati talabgorlarini test imtihonidan oʻtkazish toʻgʻrisida eʼlon

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-noyabrdagi 635-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 13-yanvar kuni soat 10:00 dan boshlab Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning hududiy boshqarmalarining quyidagi manzildagi binolarida sud boshqaruvchilari talabgorlari uchun test imtihonlari oʻtkaziladi.

Mazkur test imtihonlari elektron shaklda oʻtkazilib, jarayon videotasvir orqali toʻgʻridan-toʻgʻri olib koʻrsatiladi.

Test imtihonida ishtirok etuvchilar roʻyxati va videotasvir havolasi qoʻshimcha ravishda Davaktiv agentligining veb-saytida imtihon oʻtkazilishidan 5 kun avval eʼlon qilinadi.

Test imtihoniga qoʻyilgan talabgorlar test imtihonini topshirish uchun kechikmasdan, shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kelishlari zarur.

Qoʻshimcha maʼlumot uchun Davaktiv agentligining maxsus telefon raqamlari: (71) 259-22-92, (71) 259-22-96.

Test imtihonlari oʻtkaziladigan manzillar

T/r

Hududlar nomi

Test imtihon oʻtkaziladigan manzil

Masʼul xodim

Aloqa uchun telefon

1

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Nukus shahar, A.Timur koʻchasi, 112a-uy

A.Abdiramanov

(97) 355-17-35

2

Andijon viloyati

Andijon shahar, A.Navoiy koʻchasi, 126-uy

A.Zulunov

(90) 542-57-17

3

Buxoro viloyati

Buxoro shahar, I.Karimov koʻchasi, 10-uy

N.Toʻrayev

(91) 417-21-00

4

Jizzax viloyati

Jizzax shahar, Sh.Rashidov shoh koʻchasi, 63 uy

U.Norboyev

(99) 568-56-23

5

Qashqadaryo viloyati

Qarshi shahar, A.Temur koʻchasi,
43-uy

Q.Aliqulov

(97) 588-41-94

6

Navoiy viloyati

Navoiy shahar, S.Ayniy koʻchasi,
27-uy

A.Boymuratov

(90) 085-09-04

7

Namangan viloyati

Namangan shahar, Navoiy koʻchasi,
72-uy

A.Obilov

(91) 344-99-88

8

Samarqand viloyati

Samarqand shahar, Koʻk saroy maydoni, 1A-uy

A.Ibragimov

(90) 742-61-19

9

Surxondaryo viloyati

Termiz shahar, M.Qoshgʻariy koʻchasi, 36a-uy

R.Qurbonov

(93) 798-30-67

10

Sirdaryo viloyati

Guliston shahar, Oʻzbekiston shoh koʻchasi, 3-uy

O.Nurmatov

(97) 278-33-59

11

Toshkent viloyati

Nurafshon shahar, Toshkent yoʻli koʻchasi,
45-uy

K.Toirbekov

(97) 715-75-65

12

Fargʻona viloyati

Fargʻona shahar, A.Navoiy koʻchasi, 17-uy

J.Toshmatov

(99) 357-11-63

13

Xorazm viloyati

Urganch shahar, Al-Xorazmiy koʻchasi, 23-uy

U.Sultonov

(97) 513-07-05

14

Toshkent shahar

Mirobod tumani, Amir Temur shoh koʻchasi, 6-uy

M.Mamadaliyev,
B.Shodiyev

(90) 812-47-71
(90) 981-57-20

Izoh: Talabgorlar yashash joylaridan qatʼiy nazar test imtihonini Agentlikning istalgan hududiy boshqarmasi binosida topshirishlari mumkin.

4086 Chop etish