Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

09 May 2025

Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan muborakbod etadi

Qadrli vatandoshlar!
Davlat aktivlari agentligi jamoasi Sizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qutlug‘ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80 yilligi bilan muborakbod etadi.
 
Tinch va farovon hayot posbonlari ulug‘lanadigan ushbu munavvar ayyomda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilish yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz xotirasiga hurmat bajo keltiramiz.
Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo‘lidagi qahramonlik unutilmaydi!
501 Chop etish