Davaktiv agentligining joriy yil 5 avgustdagi “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ ustav kapitalidagi 81,7% davlat aksiyalar paketini sotish jarayoni boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼloniga muvofiq, quyidagilar maʼlum qilinadi.
Davaktiv agentligi xususiylashtirish boʻyicha konsultant “Abrau Capital” kompaniyasining taklifiga asosan, mazkur sotish jarayonlarida raqobat muhitini ta'minlash maqsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ dagi davlat aksiyalar paketini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of Interest) boʻyicha arizalarni qabul qilish muddatini 2024 yil 23 sentabr kuni soat 18:00ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini maʼlum qiladi.
Qiziqish bildirilgan taqdirda, arizalarni quyidagi elektron pochta manziliga yuborish lozim: almo@abraucapital.com
Avvalgi chop etilgan Aktivni sotib olish boʻyicha qiziqish bildirish bosqichi boshlanganligi toʻgʻrisidagi eʼlonning qolgan barcha bandlari oʻzgarishsiz qolmoqda.
Qoʻshimcha maʼlumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishingiz mumkin.