806 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 6,6 mlrd so'm bo'lgan 543 ta lot 16,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 32 ta
- boshlang'ich narxi 471,8 mln so‘m
- sotilgan narxi 590,4 mln so‘m
- Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,0 mln so‘m bo‘lgan Toshkent davlat texnika universiteti balansidagi bino qismi 98,0 mln so‘mga ijaraga berildi.
- Qoraqalpog'iston Respublikasi Chimboy tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 1,9 mln so‘m bo‘lgan umumiy o'rta ta'lim maktabi balansidagi bo'sh turgan xona 2,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 415 ta
- boshlang'ich narxi 5,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 14,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 18,6 ga
- Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun 1,0 gektar yеr uchastkasi 6,7 mlrd so‘mga sotildi.
- Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang'ich narxi 29,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 50,4 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 41 ta
- boshlang'ich narx 339 mln so'm
- sotilgan narx 373 mln so'm
- yer maydoni 64,1 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 47 ta
- boshlang'ich narxi 14 mln so‘m
- sotilgan narxi 18 mln so‘m
- Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahridan boshlang'ich narxi 0,4 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 2,5 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 356 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14,6 trln so'm bo'lgan 144 403 ta lot savdoga qo'yilgan.