418 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 23,2 mlrd so'm bo'lgan 190 ta lot 39,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 7,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 8,2 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 4,9 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki" balansidagi noturar bino-inshoat 5,8 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 8 ta
- boshlang'ich narxi 40,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 247,9 mln so‘m
- Toshkent shahar Yangi hayot tumanida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 20,4 mln so‘m bo‘lgan tuman umumta'lim maktabi balansidagi bino qismi 169,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 18 ta
- boshlang'ich narxi 6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 18,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 6,1 ga
- Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang‘ich narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 1,6 gektar yеr uchastkasi 16,7 mlrd so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo joylari:
- soni 87 ta
- boshlang'ich narxi 8 mln so‘m
- sotilgan narxi 8 mln so‘m
- Toshkent viloyati Oqqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mln so‘m bo'lgan ko'chma savdo joyi 0,4 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 31 ta
- boshlang'ich narxi 5,7 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 7,8 mlrd so‘m
- Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo'lgan savdo va maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchasi binosi va yer maydonlari 2,5 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 743 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,7 trln so'm bo'lgan 145 692 ta lot savdoga qo'yilgan.