494 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,9 mlrd so'm bo'lgan 249 ta lot 44,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 3 ta
 - boshlang'ich narxi 49,8 mln so‘m
 - sotilgan narxi 89,3 mln so‘m
 - Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 2,9 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maktabi balansidagi bo‘sh turgan oshxona 42,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 207 ta
 - boshlang'ich narxi 23,4 mlrd so‘m
 - sotilgan narxi 42,6 mlrd so‘m
 - yer maydoni 21,2 ga
 - Toshkent shahri Yangi Toshkent hududidan boshlang'ich narxi 9,7 mlrd so‘m bo‘lgan turar-joy qurish uchun 1,9 gektar yеr uchastkasi 14,5 mlrd so‘mga sotildi.
 - Toshkent shahri Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,5 sotix yеr uchastkasi 6,6 mlrd so‘mga sotildi.
 - Buxoro viloyati Qorako‘l tumanidan boshlang'ich narxi 92,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 534,3 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 18 ta
 - boshlang'ich narx 1,4 mlrd so'm
 - sotilgan narx 1,5 mlrd so'm
 - yer maydoni 151,4 ga
 
Ko'chma savdo joylari:
- soni 18 ta
 - boshlang'ich narx 3 mln so'm
 - sotilgan narx 23 mln so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 608 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 14,7 trln so'm bo'lgan 145 526 ta lot savdoga qo'yilgan.