737 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,6 mlrd so'm bo'lgan 310 ta lot 20 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 1,05 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
- Andijon viloyati Asaka tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 243,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 583,4 mln so‘mga sotildi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 6 ta
- boshlang'ich narxi 21,4 mln so‘m
- sotilgan narxi 116,6 mln so‘m
- Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 12,9 mln so‘m bo‘lgan Viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasi balansidagi bo‘sh turgan texnologik maydon 63,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 186 ta
- boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,1 mlrd so‘m
- yer maydoni 8,1 ga
- Toshkent shahri Mirobod tumanidan boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, ofis qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 3,1 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 5 ta
- boshlang'ich narx 147 mln so'm
- sotilgan narx 259 mln so'm
- yer maydoni 6,0 ga
Ko'chma savdo joylari:
- soni 16 ta
- boshlang'ich narxi 6 mln so‘m
- sotilgan narxi 138 mln so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 31 ta
- boshlang'ich narxi 7,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 9,3 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati Jizzax shahridan boshlang'ich narxi 477,1 mln so‘m bo'lgan noturar joy 772,9 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 987 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15 trln so'm bo'lgan 145 159 ta lot savdoga qo'yilgan.