Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 9-avgust (juma) kuni soat 10:00 da Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 64 uyda joylashgan "Jizzax kibersport arenasi" binosida Jizzax viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.
Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!