Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

07 Noyabr 2024

Koreya Respublikasining “Hotel Lotte Co., Ltd” kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 6-noyabr kuni Davaktiv agentligida “Lotte” korporatsiyasi (Koreya Respublikasi) tarkibiga kiruvchi “Hotel Lotte Co., Ltd” kompaniyasining bosh direktori Kim Tae Hong boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. 

Uchrashuvda, Davaktiv agentligi direktori soʻngi yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyev boshchiliklarida iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish va unda davlat ulushini qisqartirish boʻyicha tizimli islohotlar amalga oshirilayotganligi, ushbu islohotlar doirasida tegishli xususiylashtirish dasturlariga muvofiq Toshkent shahridagi “Lotte City Hotel Tashkent Palace” mehmonxonasini xususiylashtirish jarayonlari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi. 

Shu oʻrinda, Kim Tae Hong Oʻzbekistonda “Hotel Lotte Co., Ltd” kompaniyasi faoliyat olib borishidan manfaatdor ekanligini taʼkidladi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda jadal olib borilayotgan xususiylashtirish jarayonlari doirasida, shuningdek, mehmonxonalarni boshqarish sohasida hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

2934 Chop etish