Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyul 2024

Samarqand viloyati tadbirkorlari va ishbilarmonlar diqqatiga!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 26-iyul (juma) kuni soat 10:00 da Samarqand shahri, Abdurahmon Jomiy koʻchasida joylashgan Yoshlar markazi  binosida Samarqand viloyatidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

4546 Chop etish