Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Avgust 2024

Qoraqalpogʻiston Respublikasi tadbirkorlari va ishbilarmonlari diqqatiga!

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan joriy yilning 16 avgust (juma) kuni soat 10:00 da Qoʻngʻirot tumani, Ipak yoʻli koʻchasi, 1-uyda joylashgan "Madaniyat saroyi" binosida hamda soat 16:00 da Beruniy tumani, Xalqlar do'stligi koʻchasida joylashgan "Yoshlar markazi" binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari, jumladan, korxonalardagi davlat ulushlari, boʻsh turgan davlat mulki obyektlari va sotilishi belgilangan yer maydonlari toʻgʻrisida tadbirkorlar va investorlar uchun "Roadshow" taqdimoti oʻtkaziladi.

Taqdimotda faol qatnashing va davlat aktivlarini sotib olish uchun qulay imkoniyatni qoʻldan boy bermang!!!

 

3442 Chop etish