Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Mart 2024

“Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” xayriya hashariga Davaktiv agentligi o‘zining xayrli hissasini qo‘shdi

Joriy yilning 16−18 mart kunlari yurtimizda Navro‘z arafasida an'anaviy umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Bu yilgi tadbir “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Ushbu hasharning maqsadi mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgohlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat. Bundan tashqari, belgilangan kunlarda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam ko‘rsatiladi.

Shu munosabat bilan, Davaktiv agentligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari va idoraviy mansub tuzilmalarining 200 nafardan ziyod xodimlari ham mazkur tadbirda oʻz hissasini qoʻshdi. Jumladan, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, "Obod toʻqimachi" MFY hududida obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari koʻtarinki ruhda olib borildi.

 

Tegishli hududlarda qariyb 3000 dona mevali va manzarali daraxtlarni ekish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Mevali va manzarali daraxtlar hududning iqlim sharoitidan kelib chiqib, koʻkalamzorlashtirishni nazarda tutgan holda tanlab olindi. Endi ular agrotexnik talablar asosida parvarish qilinadi, mineral va organik oʻgʻitlar bilan oziqlantirilib, zararkunandalardan himoya qilib boriladi.

Mazkur hashar doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari, ayniqsa ehtiyojmand, mehr-muruvvatga muhtoj, boquvchisiz qolgan keksa va nogironligi boʻlgan fuqarolarga ham yordam koʻrsatilishida Davaktiv agentligi oʻz hissasini qoʻshdi.

879 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech