331 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 131,3 mlrd so'm bo'lgan 505 ta lot 184,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 1 ta
- boshlang'ich narxi 38 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 39,9 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 38 mlrd so‘m bo‘lgan “Chirchiq metal tuzilmalar zavodi” balansidagi bino-inshootlar 39,9 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 103 ta
- boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2,5 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 20,2 mln so‘m bo‘lgan Buxoro davlat universiteti balansidagi binoning bo’sh turgan qismi 246,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 317 ta
- boshlang'ich narxi 86,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 136,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 27,3 ga
Toshkent shahar Yangi Toshkent hududidan boshlang'ich narxi 22,4 mlrd so‘m bo‘lgan turar va noturar obyektlar qurish uchun 4,48 gektar yеr uchastkasi 49,3 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahar Yangi Toshkent hududidan boshlang'ich narxi 22,1 mlrd so‘m bo‘lgan turar va noturar obyektlar qurish uchun 4,42 gektar yеr uchastkasi 41 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 23,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 44 sotix yеr uchastkasi 25,6 mlrd so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Yozyovon tumanidan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan master-reja asosida savdoga chiqarilgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish hamda avtommobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari qurish uchun 3 gektar yеr uchastkasi 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 48 ta
- boshlang'ich narx 1,8 mlrd so'm
- sotilgan narx 1,9 mlrd so'm
- yer maydoni 288,1 ga
O'tkazilgan savdolarda 1 157 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,7 trln so'm bo'lgan 144 421 ta lot savdoga qo'yilgan.