484 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 48,1 mlrd so'm bo'lgan 338 ta lot 72,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat mulki ijarasi:
- soni 8 ta
- boshlang'ich narxi 48,9 mln so‘m
- sotilgan narxi 53,8 mln so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 13,9 mln so‘m bo‘lgan Farg'ona viloyati Adliya boshqarmasi balansidagi binoning bir qismi 15,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 269 ta
- boshlang'ich narxi 42,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 65,5 mlrd so‘m
- yer maydoni 8,2 ga
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang'ich narxi 6 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va ko‘ngil ochar majmualari hamda o‘rta qavatli turar joy binolari qurish uchun 30 sotix yеr uchastkasi 17,6 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent shahri Mirobod tumanidan boshlang'ich narxi 6 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari qurish uchun 12 sotix yеr uchastkasi 10,2 mlrd so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Romitan tumanidan boshlang'ich narxi 80,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar joy binolari va majmualari qurish uchun 7 sotix yеr uchastkasi 305,1 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 16 ta
- boshlang'ich narx 503 mln so'm
- sotilgan narx 565 mln so'm
- yer maydoni 82,5 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
- soni 28 ta
- boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 4,4 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 1 001 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,7 trln so'm bo'lgan 145 042 ta lot savdoga qo'yilgan.